“Sizlarga bir latifa aytib bermoqçiman. Ikki odam pianonini 9-qavatga olib çiqayotgan ekan. Bittasi aytibdi: “Bir narsa demoqçiman”. “Töxtab tur, çiqib olaylik, keyin gapirasan”, debdi ikkinçisi. Çiqişganidan keyin “Nima demoqçi eding?” desa: “Biz boşqa pod’yezdga kirdik”, debdi.

Bizda qurilişlar – uy, zavod, fabrikalar qurilişi boş rejasiz bölyapti. Duç kelgan joyga qurib ketişyapti. Heç kim kelajakni öylamayapti. Mana, sizlar subsidiya va hokazo deysizlar-u, ertaga şunaqa payt keladi, şu binoni buzib taşlaydi va subsidiya qayoqqa ketadi? Hamma gapirgan gapinglar bir tiyinga qimmat bölib qoladi. Heç kim buni öylayotgani yöq.

Xohlagan joyida – nazari tuşgan joyda qurib ketyapti. Ertaga nima böladi: kiriş joyi yöq, boğça yöq, maktab yöq, heç narsa rejalaştirilmagan. Bularni heç kim öylamayapti, hamma foydani öylayapti. Gap yöq, foydani öylaş kerak, lekin kelajak uçun avval tumanni olib, rejalaştiriş kerak: maktabi, boğçasi va hokazolarni qilib, uylarni rejalaştirib, undan keyin odamlarga, tadbirkorlarga beriş kerak.

Yöl ustiga, suv böyiga qurib ketilgan imoratlar bor. Qatortolga borsanglar, ikkita uy orasiga yana bitta uy qurib qöyibdi: kim bunga javob beradi, kim?

Namanganda bir taşkilotning içiga qişloq uylarini qurib qöyibdi, Farğona kanalining yonida esa suv tozalaş havzalari qurilyapti. Viloyatlarda trassalarning çetiga uylar qurib qöyişyapti – şaharlar, şaharçalar bir joyda qurilişi kerak emasmi? Kim yölning çetida yaşaydi? Boringlar, özinglar yaşab köringlar. Axir şaharça bölgandan keyin öz nomiga yaraşa bölişi kerak: özining markazi bilan, dökonlari bilan, boğça-maktablari bilan. Bu qaçongaça davom etadi?

Şuni xohlardimki, şu narsalarni kötarsak, keyingi qurilişlarning hammasi boş reja asosida bölsa. Boş rejada hamma narsa kiritilsa: qança odam yaşaydi, qança muhandislik tarmoqlari kerak. Bu narsaga heç kim qarayotgani yöq.

Men quriliş nazorati, sifati haqida gapirayotganim yöq. Hamma quruvçi, hamma arxitektor bölib ketgan. Özini biladigan odamlar yöq. Albatta, tadbirkorlar aybdor emas, ular quradi, lekin ertaga u qurgan binosining taqdiri nima bilan tugaydi? Qanaqa işlaydi?

Hamma qurilişlar boş reja asosida bölişi kerak. Bizda «ToşkentboşplanLITI» bor, institutlar bor, kimdir buni böyniga olişi kerak. Köp misollar keltirişim mumkin, nazari tuşgan joyni olyapti, unga şu joyni berişyapti, şundoq qurib qöydi.

Muhandislik tarmoqlari masalasi. Toşkentni qaranglar, neça marta çiroqlar öçyapti, çunki infratuzilmaning quvvati kötara olmayapti. Toşkent rejalaştirilgan paytda aholisi 1 million edi, hozir 3 million atrofida, muhandislik tarmoqlari esa buni kötarmayapti.