Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 29 iyul kuni Iştixon tumani IIB tomonidan, tumanning Barlos mahallasidagi xonadonlardan birida yaşovçi ota va uning öğli 4,5 sotix yerda kannabis giyohvandlik ösimligini parvarişlayotgani aniqlangan.
Kannabis ösimligini yöq qiliş jarayonida IIB xodimlari tomonidan sanoqdan ötkazilganda ularning soni 724 tup ekani va ösimliklarning balandligi 80 santimetrdan 3 metrgaça yetgani aniqlangan.
Suriştiruvlar davomida fuqaro giyohvand ösimliklar yetiştirişni 2021 yilda boşlaganini, marixuanani qaynoğasiga yetiştirib berganini va buning uçun xizmat haqi olganini ma’lum qilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Iştixon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvçi fuqarolarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.











