Medvedevning akkauntidagi yozuvlar 2 avgustga ötar keçasi yarim tunda paydo böldi. Muallif «bundan buyon heç qanday suverenitetlar paradlari bölmasligi», sovetlar ittifoqi tarkibida yaşagan barça xalqlar esa «yana birgalikda, ahil va inoq bölib yaşaşi» haqida yozadi.
«Buning uçun biz kuç va vositalarni ayamasligimiz kerak. Kiyev va Marorossiyaning barça hududlari natsionalistlar qölidan ozod etilgaç (...) Rus yana birlaşgan, qudratli va yengilmas bölib qoladi», deyiladi postda.
Matn muallifi Moskva «slavyan xalqlari yetakçiligida»gi «sarhadlari heç qayerda tugamaydigan» öz çegaralarini tiklaş böyiça navbatdagi kampaniyani boşlaşini va’da qiladi.
Namuna sifatida u Gruziya va Qozoğistonni keltirgan.
Postda yozilişiça, Rossiya tarkibiga qöşib olinmaguniça, Gruziya degan davlat umuman bölmagan — alohida ta’kidlanişiça, 1801 yili hozirgi Gruziya örnida beşta suveren siyosiy tuzilma bölgan: poytaxti Tbilisi bölgan Kartli va Kaxetiya, poytaxti Kutaisi bölgan Imeretiya, Qora dengiz sohilidagi ikki knyazlik - Megreliya va Guriya hamda toğli hududlardagi Svanetiya knyazliklari. Ta’kidlanişiça, ular Rossiya imperiyasi tarkibidagina hozirgi Gruziya körinişiga kelgan.
Qayd etilişiça, «Şimoliy va Janubiy Osetiya, Abxaziya va Gruziyaning hozirgi hududi faqat Rossiya bilan yagona davlat tarkibidagina birlaşişi mumkin».
Postda Qozoğistonga «rus yerlarida tuzilgan sun’iy davlat» sifatida ta’rif beriladi. «Qozoğiston — bu sun’iy davlat, sobiq rus hududlari, masalan, Gurev, Semipalatinsk şaharlari, hatto Olmaota ham 1924 yilgaça Verniy deb atalgan», deya yozadi Medvedev.
Muallif fikriça, Qozoğiston hukumati XXI asrda «respublikadagi turli etnik guruhlarni köçiriş böyiça taşabbuslarni amalga oşira boşlagan» va buni «ruslarga nisbatan genotsid» deb baholaş mumkin. «Biz bunga jim qarab tura olmaymiz. U yerga ruslar bormas ekan, tartib ham bölmaydi», deya xulosa qiladi u.

Postga teleboşlovçi Kseniya Sobçak e’tibor qaratdi va undan skrinşotlar e’lon qildi. «Men Dmitriy Medvedevning VKdagi sahifasi buzib kirilganiga tikaman», deya yozadi u telegram-kanalida.
Tongda Medvedevning posti böyiça xuddi şunday izoh berildi. «Sahifani buzib kirib, post yozib, uni e’lon qilganlarga esa «VKontakte» ma’muriyati va şunday vakolatga ega bölganlar çora köradi», dedi RIA Novosti muxbiriga Medvedevning yordamçisi Oleg Osipov.












