11:01 / 03.08.2022
4152

6 oyda o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 2,8 mln so‘mni tashkil etdi - DSQ

Respublikada 2022 yil yanvar-iyun oylarida xodimlarga 82,5 trln so‘mga yaqin ish haqi hisoblangan.

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotida aytilishicha, yanvar-iyun oylarida rasman 5,4 mln nafarga yaqin xodimga ish haqi hisoblangan.

Qayd etilishicha, o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 2,8 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

Hisobot davrida o‘rtacha ish haqi O‘zbekiston bo‘yicha Toshkent shahrida eng yuqori — 4,4 million so‘mni, Sirdaryo viloyatida eng past — 1,99 million so‘mni tashkil etgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Bundan oldin Statistika qo‘mitasi 2021 yil davomida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 2 mln 662 ming so‘m bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Statqo‘mga ko‘ra, 2,7 mln so‘mni tashkil etgan o‘rtacha oylikni hisoblashda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’yektlari ham hisobga olingan. Bu ikki toifadagi oyliklar inobatga olinmagan holda yil boshida e’lon qilingan statistikada 2021 yildagi o‘rtacha maosh 3,2 mln so‘m bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top