«Katta yettilik» (G7) davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi natijasida uning energiya taşuvçilar böyiça yuzaga kelgan yuqori narxlardan foyda körişiga tösqinlik qilmoqçi. Buning uçun barça variantlar, jumladan, neft kelişilgan narxdan yuqori xarid qilinsa, RFdan uni taşişga töliq taqiq joriy etiş masalasi körib çiqilmoqda, deyiladi G7 mamlakatlari taşqi işlar vazirlarining seşanba, 2 avgust kuni e’lon qilingan qöşma bayonotida.

«Biz bir qator yondaşuvlarni, jumladan, Rossiya nefti va neft mahsulotlarini dengiz orqali butun dunyo böylab taşiş imkonini beruvçi barça xizmatlarni töliq taqiqlaş variantlarini körib çiqişni davom ettirmoqdamiz. Neft arzon narxda yoki xalqaro hamkorlar bilan maslahatlaşuvlar natijasida kelişib olingan narxda sotib olingan holatlar bundan mustasno», — deyiladi hujjatda. 

«Yettilik guruhi» mamlakatlari TIV rahbarlari, şu bilan bir qatorda, «eng zaif mamlakatlar»ning Rossiya energetika bozoridan foydalanişini ta’minlaş imkonini beruvçi mexanizmlar körib çiqilayotganini ta’kidladi.

Rossiya neftiga çeklovçi narxlarni joriy etiş ğoyasi iyun oyi oxirida G7 yetakçilari sammitida ilgari surilgan edi. Şu tariqa, «katta yettilik» davlatlari Moskvaning neft sotişdan tuşadigan daromadini çeklamoqçi. Germaniya kansleri Olaf Şols «yettilik» rejasini «juda ambitsiyali» va yanada işlab çiqişni talab qiluvçi reja deb atadi.