Prezident tomonidan “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror imzolandi.

Prezident qaroriga muvofiq quyidagilar 2022-2024 yillarda taekvondoni (WT) rivojlantiriş asosiy yönalişlari etib belgilandi:

taekvondoni aholi örtasida keng tarğib qiliş, professional sportçilarni saralaş hamda tayyorlaşning yangi tizimini yölga qöyiş;

ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari, köp bolali oilalar farzandlari taekvondo bilan şuğullanişi uçun hududlarda "Taekvondo (WT) hamma uçun" dasturini işlab çiqiş va amalga oşiriş;

umumiy örta ta’lim maktablarida taekvondo böyiça darsdan taşqari alohida sport seksiyalarini taşkil etiş, örta maxsus, professional hamda oliy ta’lim taşkilotlari öquvçi va talabalari uçun taekvondo böyiça fakultativ maşğulotlarni joriy etiş va taekvondo klublarini tuziş;

taekvondo böyiça xalqaro talablarga muvofiq zamonaviy sport majmualarini quriş, mavjud sport majmualari moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan ta’minlaş;

hududiy terma jamoalar asosiy tayyorgarlik markazlari sifatida Qoraqalpoğistonda, viloyatlar va Toşkent şahrida yengil konstruksiya asosida quriladigan markazlar taşkil etiş;

taekvondoni öqitiş zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va öquv adabiyotlar bilan ta’minlaş hamda tibbiy xizmatni rivojlantiriş va boşqalar.

Hujjat bilan taekvondo (WT) sport turini 2022-2024 yillarda kengroq rivojlantiriş dasturi va taekvondo sport turini rivojlantiriş maqsadli körsatkiçlari tasdiqlandi.

2023 yildan boşlab har yili an’anaviy tarzda:

respublika barça hududlarida 4 sentabr - Butunjahon taekvondo kuniga bağişlangan taekvondo festivali;

taekvondo va parataekvondo böyiça "G2" darajasidagi nufuzli "Uzbekistan Open" xalqaro turniri;

taekvondo böyiça umumiy örta ta’lim maktablari öquvçilari, örta-maxsus, professional va oliy ta’lim taşkilotlari öquvçi va talabalari örtasida "Vazir kubogi" musobaqalari ötkaziladi.