Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakat sobiq boş prokurori Irina Venediktovani Ukrainaning Şveytsariyadagi elçisi lavozimiga ilgari surdi. Bu haqda Kuleba 3 avgust, çorşanba kuni «Ukrinform»ga bergan intervyusida gapirdi. 

«Ha, men Venediktovani Şveytsariyaga elçi etib tayinlaş töğrisidagi Ukraina prezidentiga taqdimnomani imzoladim», — deya tasdiqladi Kuleba. «Tizimga çetdan kelgan odamlarni jalb qiliş mutlaqo normal holat, lekin ular elçi vazifasini samarali bajarişga imkon beradigan jihatlarga ega. Men Venediktova şunday jihatlarga ega ekanligiga işonaman. Uning sönggi oylarda xalqaro hamkorlar bilan olib borgan işlari şuni körsatdiki, u özini körsata oladi», - deya tuşuntirdi Ukraina TIV rahbari. Uning sözlariga köra, bu ğoya «bir neça kişilar davrasida tuğilgan». 

17 iyul kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Irina Venediktovani mamlakat boş prokurori lavozimidan ozod qildi, bir vaqtning özida Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanovning iste’foga çiqişi haqidagi farmon imzolandi. Venediktova mamlakat tarixida uşbu lavozimni egallagan birinçi ayol böldi va 2020 yilning martidan buyon uşbu lavozimni egallab keldi. Andrey Kostin 28 iyuldan beri Ukraina boş prokurori lavozimida işlamoqda.

Davlat rahbari Venediktova va Bakanovni iste’foga çiqariş töğrisidagi qarorni izohlar ekan, bunga «prokuratura, dastlabki tergov va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari örtasida» davlatga xiyonat va hamkorlikdagi jinoyatlarning soni köpligi sabab bölganini aytdi. 

«Davlat milliy xavfsizligi asoslariga qarşi jinoyatlarning bunday töplami, şuningdek, Ukraina huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari va Rossiya maxsus xizmatlari örtasida qayd etilgan aloqalar tegişli şaxslar oldida juda jiddiy savollar tuğdirmoqda. Bu savollarning har biriga munosib javob olinadi», dedi Zelenskiy.