Yamandagi mojaro tomonlari öt oçişni töxtatiş rejimini yana ikki oyga, 2022 yil 2 oktyabrgaça uzaytirişga kelişib oldi. Bu haqda BMTning Yaman böyiça maxsus vakili Xans Grundberg ma’lum qildi, deya xabar berdi Reuters 2 avgust, seşanba kuni.
«Uşbu sulhni uzaytiriş tomonlarning kengaytirilgan sulh bitimiga imkon qadar tezroq erişiş uçun muzokaralarni faollaştiriş majburiyatini öz içiga oladi», — deyiladi Grundbergning bayonotida. Kengaytirilgan sulh davlat sektorida maoşlarni tölaş, yöllarni oçiş, poytaxt Sanodan parvozlarni kengaytiriş va Xodeyda portiga muntazam yonilği yetkazib beriş mexanizmini taklif qiladi, dedi Grunberg. Bundan taşqari, BMT «barqaror siyosiy yeçim» uçun muzokaralarni qayta boşlaş maqsadida doimiy otaşkesim jarayoniga intilmoqda.
2014 yilda husiylar Yaman poytaxti Sano şahrini egallab, prezident Abd Rabbo Mansur Hodiyni taxtdan ağdarganidan beri Yaqin Şarqning eng qaşşoq davlatlaridan birida fuqarolar uruşi sakkiz yildan beri davom etmoqda.
2015 yilda Saudiya Arabistoni va BAA boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Hodiy hukumatini hokimiyatga qaytariş kampaniyasini boşlagan edi. Uruş paytida 150 000 dan ortiq odam, şu jumladan 14 500 dan ortiq tinç aholi halok böldi. BMT bu mojaroni dunyodagi eng dahşatli gumanitar inqiroz deb atadi.












