Yevroittifoq Ukrainaga yangi makromoliyaviy yordam paketidan 1 milliard yevroni töliq ötkazib berdi. Bu haqda 2 avgust, seşanba kuni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.

«Uşbu mablağlar Ukrainaga Rossiyaning asossiz tajovuzidan söng özining şoşilinç moliyaviy ehtiyojlarini qondirişga yordam beradi. Bir milliard yevro Ukrainani hal qiluvçi bosqiçda mustahkamlaydi», deb yozgan u Linkedin ijtimoiy tarmoğida. 

Boş vazir Denis Şmigal uşbu paketidan Ukrainaga dastlabki 500 million yevro kelib tuşganini bir kun avval e’lon qilib, 2 avgustda yana 500 million yevro kutilayotganini ta’kidladi. Boş vazirning sözlariga köra, bu mablağlar «budjetning ustuvor ehtiyojlarini moliyalaştirişga» yordam beradi. 

Yangi makromoliyaviy yordam körsatiş töğrisidagi qaror Yevroparlament va YeI kengaşi tomonidan 2022 yil 12 iyulda qabul qilingan. U 2022 yil 18 maydagi YeK xabarida e’lon qilingan va 2022 yil 23-24 iyun kunlari Yevropa kengaşi tomonidan tasdiqlangan 9 milliard yevrogaça bölgan favqulodda makromoliyaviy yordam paketining birinçi qismidir. 

Bu milliard yevro YeI yilning birinçi yarmida Ukrainaga körsatgan yordamga, şu jumladan 1,2 mlrd yevrolik favqulodda kreditga qöşiladi. Şu tariqa, uruş boşlanganidan beri Ukrainaga körsatilgan makromoliyaviy yordamning umumiy hajmi 2,2 mlrd yevroga yetdi. 

Mablağlar Ukrainaga imtiyozli şartlarda uzoq muddatli kreditlar körinişida taqdim etiladi.