Rossiya tomonidan bosib olingan hududda joylaşgan Yevropadagi eng yirik Zaporojye atom elektr stansiyasi (AES) «butunlay nazoratdan çiqib ketdi», u yerda vaziyat «juda tarang», dedi AP agentligiga Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) boş direktori Rafael Grossi 3 avgust, çorşanba kuni. 

«Stansiyada yadro xavfsizligining barça tamoyillari buzilgan. Hozirgi vaziyat juda jiddiy va xavfli», - deya ta’kidladi Grossi. Unga köra, stansiyaning jismoniy daxlsizligi buzilgan, uruş boşida AES rus qöşinlari tomonidan egallab olinganda öqqa tutilgan. 

Grossining sözlariga köra, Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan stansiyada «paradoksal vaziyat» yuzaga kelgan, sababi ukrainalik xodimlar uning işini boşqarişda davom etmoqda, bu esa muqarrar keskinlikka olib keladi. AEXA xodimlar bilan ba’zi aloqalarga ega bölsa-da, ular «mukammal» va «bir xil emas», dedi Grossi. 

Şuningdek, AEXA rahbarining ta’kidlaşiça, agentlik AES özi uçun zarur bölgan hamma narsani olayotganiga işonçi yöq, çunki uskuna va ehtiyot qismlar yetkazib beriş zanjiri uzilgan. 
 
«Yadroviy avariyaning oldini oliş uçun» AEXA yadroviy materiallar himoyalanganini ta’minlaş maqsadida AESni tekşirişi kerak, dedi Grossi. «Şuning uçun men birinçi kundanoq, Çernobilda bölgani kabi, xavfsizlikni baholaş, ta’mirlaş va yordam körsatiş uçun u yerga borişimiz lozimligini ta’kidladim», deya Rossiya va Ukrainani hamkorlikka çaqirdi u. 

«Men xalqaro davlat xizmatçisi sifatida, xalqaro taşkilot rahbari sifatida ikkala tomondan ham uşbu missiyani amalga oşirişga ruxsat berişlarini iltimos qilaman», dedi Grossi. 

Avvalroq DW naşriga bergan intervyusida AEXA direktori hozirgi şaroitda bunday safarni taşkil etişni «qiyin vazifa» deb atagan edi. Sababi, stansiya öqqa tutilişi davom etayotgan uruş zonasida joylaşgan va missiya nafaqat BMT tomonidan, balki Ukraina tomonidan ham nazorat qilinişi kerak, çunki AEXA bu mamlakatni «AESning yagona qonuniy egasi» deb biladi.