Özbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari vaqti yaqinlaşmoqda. Davlat test markaziga köra, bu yilgi test sinovlari 8 avgustdan boşlanişi rejalaştirilgan.

Ijodiy baholaşni talab qiladigan yönalişlarda esa saralaş jarayonlari allaqaçon boşlanib ketgan. Jumladan, bir neça kundan buyon jurnalistlar, taşkilot va vazirliklarning matbuot kotiblari Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida abituriyentlar bilan bölayotgan saralaş suhbat jarayonlari haqidagi xulosalarini tarmoqlardagi sahifalarida yozib borişmoqda.

Fikrlarni öqirkansiz, tajribali jurnalistlar, matbuot kotiblari sohaga qadam qöyiş niyatida bölgan yoşlarning bilim va dunyoqaraşidan qoniqmayotganini sezasiz.

Masala bevosita özbek maktab ta’limi, uni bitirib çiqayotgan yoşlarning bilimi, dunyoqaraşiga borib taqalarkan, bu haqdagi fikrlarini çuqurroq ifodalab berişini sörab, ekspertlarning öziga yuzlandik. 

Qobilbek Karimbekov, siyosiy şarhlovçi

— Yaqinda Jurnalistika universitetiga hujjat topşirgan abituriyentlarni suhbat asosida saralab olişga yordam beriş uçun men kabi 30ga yaqin jurnalistni ekspert sifatida çaqirişdi.

Men özimning suhbatimdan ötgan yigit-qizlarni 3ta kategoriyaga bölgan bölardim. Birinçisi – haqiqatda kuçli, bilimli bitiruvçilar. Abituriyentlar içida bunday bolalar ham bor va men ularga, ularning ota-onasi, ustozlariga rahmat aytaman.

Ikkinçisi – örtamiyonalar. Bunday bolalar ham bor.

Uçinçisi esa meni juda qattiq xafa qilgan bilimsiz bolalar toifasi.

Afsuski, abituriyentlar içida ana şu uçinçi toifadagi bitiruvçilar juda köp. Ular eng oddiy savollarga ham javob bera olişmayapti. Bu faqat mening fikrimmikin, deya boşqalar bilan ham gaplaşib kördim. Yöq, hammaning fikri şunday. Hamma noliyapti bitiruvçilardan.

Bizga abituriyent bilan qaysi yönalişlarda gaplaşiş, bilimini sinaş böyiça yöriqnoma berilgandi. Savollarda şu yöriqnomadan kelib çiqdik. Ularga murakkab savol berganimiz yöq.