Toşkentning Çilonzor tumanidagi Çilonzor köçasi avtomobillar harakati uçun kengaytirilişi asnosida yuzdan ortiq köp yillik daraxtga zarar yetkazildi.
Aksariyatini eman taşkil etuvçi daraxtlar ildizlarining bir qismi qöporib taşlandi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, birlamçi taftişda daraxtlardan kamida 7 tasi jiddiy zararlangani, 99 ta daraxtda şikastlaniş xavfi borligi aniqlangan.
Faollarning aralaşuvidan keyin voqea joyiga boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev, şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, Ekologiya qömitasi raisi Narzullo Oblomurodov va Prezident administratsiyasi xodimlari yetib keldi.

Jamoatçilik e’tirozi bilan yöl toraytiriladigan, yölquruvçi kompaniyaga çora köriladigan böldi.
Jahongir Ortiqxöjayev loyihaçilarga tanbeh berdi. Narzullo Oblomurodov esa pudratçilar ustidan oçilgan iş bugunoq Boş prokuraturaga oşirilişini aytdi.

Hozirça zarar miqdori 261 mln sömga baholanmoqda. Ekoqöm rahbarining Kun.uz muxbiriga aytişiça, şikastlangan daraxtlar soni va yetkazilgan zarar miqdori qayta hisoblab çiqiladi. U daraxtlarga tezda agrotexnik çoralar bilan işlov berişga körsatma berdi.
Ekologiya xodimlarining aytişiça, yölni kengaytiriş böyiça loyiha ekologik ekspertizadan ötkazilmagan. Şaharda bu amaliyot köp ham qöllanavermaydi, çunki bu majburiy tartib emas.


















