Bugun, 2022 yil 9 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida sudlanuvçi K.Ş.ga (1997 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan) nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi.
Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi raisi T. Obidov raisligida körib çiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga köra, K.Ş. Jinoyat kodeksi 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi (bosqinçilik) 3-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksi 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Jinoyat işi böyiça “Ipak Yöli” OAITB Çilonzor filialida saqlanayotgan 10 269 000 söm jabrlanuvçi qonuniy vakiliga qaytarilişi va sudlanuvçidan qonuniy vakil foydasiga 20 849 899 söm qoplanmagan zarar undirilişi belgilandi.
2022 yil 18 mart kuni Instagram'da Asalhoney nomi bilan tanilgan bloger Asal Xöjayevaning jasadi öz xonadonidan topilgan edi.
Bloger jasadi topilganidan 1-3 kun oldin öldirilgan. Qotil Asalhoney bilan internetda tanişib, telefon qilganida bloger uni haqorat qilgan. Şundan keyin qotil Instagram orqali Asalhoney'ning uy manzilini aniqlagan. Keyin uyga borib, eşikni taqillatgan, eşikni oçgan blogerning qorniga piçoq urgan.
Qotil yerga yiqilgan Asalhoney'ni böğib öldirgan. Keyin uyidagi 31 million sömlik boyliklarini qölga kiritgan. Yetmaganiga blogerning kartasidagi 1 million sömni onlayn qimor öyinlariga tikib yuborgan. Şundan keyin tongda uyni tark etgan.












