Moskva politsiyasi «Birinçi kanal» sobiq xodimi Marina Ovsyannikovaning uyida tintuv ötkazdi. Bu haqda u 10 avgust, çorşanba kuni «OVD-Info» naşriga xabar berdi. Yuridik yordam körsatiş uçun uning oldiga «OVD-Info» advokati Dmitriy Zaxvatov yetib bordi.

Zaxvatovning sözlariga köra, huquq-tartibot idoralari xodimlari uning kelişini kutişdan boş tortgan va Ovsyannikovaning «uyiga bostirib kirgan». Tintuv «Rossiya Qurolli kuçlari töğrisida bila turib yolğon ma’lumotni ommaviy tarqatiş» (RF JKning 207.3-moddasi) moddasi böyiça qözğatilgan jinoiy iş yuzasidan ötkazildi, deb yozdi u özining Telegram-kanalida.

Zaxvatovning «Meduza» naşriga aytişiça, iş qözğatiş haqidagi qarorni hali körmagan, biroq bu Ovsyannikovaning Moskva sohilböylaridan birida ötkazgan uruşga qarşi piketi bilan boğliqligini taxmin qilgan. 

15 iyul kuni Ovsyannikova Kreml oldida uruşga qarşi piketga çiqib, «Putin – qotil» deb yozilgan bannerni kötarib oldi. Sofiyskaya sohilböyida ötkazilgan tadbirda u qölga olinmagan. Jurnalist 17 iyul kuni uşlangan va köp ötmay ma’muriy bayonnoma tuzilgaç, qöyib yuborilgan. 

Mart oyi örtalarida Ovsyannikova, «Birinçi kanal»da keçki yangiliklar muharriri bölib işlayotganda, «No war. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizga yolğon gapirişmoqda. Russians against war» plakati bilan jonli efirga çiqib ketgandi. Bundan oldin u videomurojaat bilan çiqdi: «Hozir Ukrainada sodir bölayotgan voqealar jinoyatdir. Rossiya bosqinçi davlat va bu tajovuz uçun faqat bir kişi javobgar. Bu şaxs Vladimir Putindir». Natijada, Ovsyannikova miting ötkazişning belgilangan tartibini buzganlik haqidagi ma’muriy modda böyiça – aksiya oldidan yozib olingan video tufayli 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi. 

Aprel oyi boşida Berlinda joylaşgan Axel Springer mediakonserni Ovsyannikova Germaniyaning Welt yangiliklar telekanaliga işga olinganini e’lon qildi. Uç oy ötgaç, şartnoma tugadi va u Rossiyaga qaytib keldi. Germaniyaning «Ozodlik uçun OAV mukofoti» (Freiheitspreis der Medien) sohibi bölgan Ovsyannikovaga oxir-oqibat mukofotni topşirmaslikka qaror qilindi. May oyida u «Ijodiy norozilik uçun» Vatslav Havel mukofotini oldi.