Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, hamkorlikdagi öquv rejasiga köra ikki davlat çegarasini buzib kirmoqçi bölgan şartli duşman tödalariga motoöqçi, tank, artilleriya va boşqa jangovar bölinmalar tomonidan aniq zarbalar berildi.

Amaliy öquv yakunida Özbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari «Hamdöstlik—2022» hamkorlikdagi öquv iştirokçilari va taşkilotçilarini yutuqlar bilan tabrikladi. 

Jarayonlarda faol qatnaşgan har ikki davlat harbiy xizmatçilari Özbekiston va Tojikiston mudofaa vazirliklari tomonidan ta’sis etilgan medallar bilan taqdirlandi.

Bundan oldin Tojikiston harbiy xizmatçilarini Özbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olişini taşkillaştiriş borasida qöşimça şartnoma imzolangandi.