Kun.uz muxbiri Saudiya Arabistonidagi özbeklar, işlaş va ta’lim oliş, şuningdek boşqa masalalarda uzoq yillardan buyon uşbu davlatda istiqomat qilib kelayotgan yurtdoşimiz, Madina Islom universiteti magistranti Mahmud Usmon bilan suhbatlaşdi.

— Dastlab uzoq yillardan beri Saudiya Arabistonida yaşayotgan yoki ma’lum sabablar tufayli u yerga borib, işlayotgan yurtdoşlarimiz haqida sözlaşsak. Ularning yaşaş tarzi, hayoti töğrisida qisqaça gapirib bersangiz.

— Saudiya Arabistonidagi özbeklarni 3 toifaga ajratsa böladi. Birinçisi – ota-bobolari şörolar davrida Saudiya Arabistoniga hijrat qilib, öşa yerning fuqaroligini olib qolib ketgan özbeklar. Ularning orasida siyosiy şaxslar, vazirlar, davlat vakillari, olimlar ham bor.

Ikkinçi toifa özbeklar Afğoniston fuqarosi bölgan özbeklar hisoblanadi. Ular öşa şörolar davrida Afğonistonga hijrat qilib borib, keyin Saudiya Arabistoniga kelgan özbeklardir. Ularning ba’zilari oldin köçib borib, fuqarolik olmagan bölişi ham mumkin. Ularning ijtimoiy holati birinçi toifa bilan teng bölmagani uçun ular köpçilikka taniş emas. Lekin ular ham Saudiyada köpçilikni taşkil etadi.

Uçinçi toifaga esa Özbekiston fuqarolari kiradi. Mana şu toifani ham 4 ga böliş mumkin, aslida. Birinçi guruhga Saudiya Arabistonida öqiydigan talabalar kiradi. Ular hozirda u yerdagi nufuzli oliygohlarda tahsil olişmoqda.

Keyingi guruh vakillari – oliy ma’lumotli, özining sohasi böyiça işlaş uçun ketgan vatandoşlarimiz. Ular hozirda Saudiya Arabistonining mehnat qonunçiligi asosida, huquqlari tölaqonli himoya qilingan tarzda 2-3 ming dollar evaziga şartnoma bilan işlaşmoqda. Bunda şartnomalarni yaxşilab örganib, unga keyin qöl qöyişni tavsiya qilgan bölardim.

Uçinçi guruh esa mutaxassis sifatida ketgan, ammo oliy ma’lumotli bölmagan vatandoşlar sanaladi. Ular oşpaz, maxsus restoranlarda işlovçi xodimlar bölişi mumkin. Ya’ni qandaydir mutaxassislikka ega, biroq oliy ma’lumotga ega bölmagan qatlam. Bu guruhdagilar örtaça 1-2 ming dollargaça oylik olişadi. Ularning muammolari nisbatan köproq bölişi mumkin.

Törtinçi guruhga esa Saudiya Arabistoniga borib, uy işçisi bölib işlaydiganlarni kiritamiz. Boşqa guruhlarga soliştirganda, ularning yaşaş şaroiti va işi oğirroq böladi, dam oliş kunlari bölmaydi. Saudiya mehnat qonunçiligi böyiça ularni himoya qiliş qiyin.