Belarus Rossiya şimoli-ğarbiy qismida port qurişga qaror qildi, dedi Belarus boş vaziri Roman Golovçenko 11 avgust, payşanba kuni. Unga köra, katta hajmdagi barça turdagi Belarus yuklarini taşiş rejalaştirilgan: mineral öğitlar, yoğoç yuklar, konteyner taşuvlari. «Prezident Aleksandr Lukaşenkoga keyinçalik salohiyatini yanada rivojlantiriş böyiça bir neçta işlab çiqilgan variantlar taqdim etildi. Ulardan biri böyiça qaror qabul qilindi, u yaqin kelajakda amalga oşiriladi», - dedi Golovçenko.
U bölajak qurilişning aniq joyi, loyihani amalga oşiriş muddati va uning narxini oşkor qilmadi. «Loyiha juda yaqin vaqtlarda işlay boşlaydi. Şu yil oxirigaça. Infratuzilmaga köproq sarmoya kiritiş zarur, şuning uçun biz hozirgi real şaroitlarda bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qilişini körişimiz kerak», - dedi Roman Golovçenko. Uning ta’kidlaşiça, Belarus hozirda Rossiyaning turli dengizlardagi töqqizta porti bilan hamkorlik qilmoqda va tariflar har ikki davlat uçun ham qulay.
Lukaşenko fevral oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada bölib ötgan uçraşuvdan söng Sankt-Peterburg yaqinida Belarus portini yaratiş rejasini e’lon qilgan edi. «Xalqaro kelişuvlarni buzgan holda, bizga yöllar, biz işlagan portlarni yopib qöyişdi. Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg yaqinida öz portimizni qurişimiz uçun buyruq berdi», degandi u öşanda. Lukaşenko, şuningdek, uning mamlakati avvalroq Belarus tranzitini taqiqlagan Ukraina va Litva hududi orqali yuk taşişga qaytmasligini aytdi.












