Bosib olingan Qrimdagi Rossiya aviabazasiga kuçli hujum Ukraina maxsus kuçlari tomonidan amalga oşirilgan. Bu haqda 12 avgust, juma kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi ukrainalik amaldor tomonidan nomini oşkor qilmaslik şarti bilan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi. U operatsiya tafsilotlarini ma’lum qilmagan.
Ukraina havo kuçlarining çorşanba kungi bayonotiga köra, bazada kamida töqqizta rus harbiy samolyoti yöq qilingan. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Sakidagi yöqotişlar Rossiya HHKning bir kun içida qayd etilgan eng katta yöqotişlariga aylanadi. Natijada, Moskva uçun Ukraina şaharlariga hujum qiliş qiyinlaşadi.
Hujum, şuningdek, ruslar uçun uzoq muddatli istiqbolda Ukraina janubida nazoratni saqlab qoliş qiyin bölişi ehtimolini oşirişi mumkin.
Agar Qrim keyingi hujumlarga qarşi himoyasiz bölsa, Rossiya yarimorol bosib olingan hududining Kreml erişib bölmaydigan va u yerda özini xavfsiz his qilgan qismini himoya qilişga majbur böladi. Ta’minot bilan boğliq muammolar ham bölişi mumkin, dedi Ukraina sobiq mudofaa vaziri, hozirda Ukraina Mudofaa strategiyalari mustaqil tahlil markazi rahbari Andrey Zagorodnyuk.
Bazadagi portlaşlarga aynan nima sabab bölgani haqida faqat taxminlar mavjud. Ayrim harbiy ekspertlar zarbani dron amalga oşirgan deb gumon qilmoqda. Uçuvçisiz uçar qurilma baza yaqinida yaşiringan tezkor xodimlar tomonidan yuborilgan bölişi mumkin.
Mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan yana bir versiya - qarşilik harakati vakillari tomonidan portlovçi moddalarni joylaştiriş. Raketa bunday zarar keltirişi mumkin edi, biroq Ukrainada kerakli masofadagi snaryadlar borligi haqida heç qanday dalil yöq.
9 avgust kuni portlaşlar sodir bölgan Saki şahri yaqinidagi Novofedorovka harbiy aerodromi eng yaqin front çiziğidan 200 kilometr uzoqlikda joylaşgan va amerikalik rasmiylarga köra, u yerda heç qanday AQŞ quroli işlatilmagan. Şunga köra, Qrimdagi obektlarga qarşi zarbalar uçun HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlaridan foydalanilgani böyiça bayonotlar asossiz deyilgan. Ammo qarşilik harakati jangçilari asosiy nişonlarni, masalan, tarkiblar va qömondonlik punktlarini aniqlaşda muhim rol öynagan bölişi mumkin, deb yozadi The Washington Post.
Novofedorovka qişloği yaqinidagi Saki harbiy aerodromidan RF Mudofaa vazirligi aviabazasi sifatida foydalaniladi. Samolyotlar va vertolyotlar, jumladan, dengiz aviatsiyasi ham şu yerda joylaşgan. Bundan taşqari, dengiz aviatsiyasi samolyotlarining uçiş va qönişini maşq qiliş uçun sinov öquv majmuasi mavjud.













