AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning Floridadagi qarorgohini tintuv qiliş çoğida Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari, jumladan, yadro quroliga oid maxfiy hujjatlarni ham qidirgan. Bu haqda 11 avgust, payşanba kuni The Washington Post (WP) gazetasi tergovdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. 

Naşr suhbatdoşlari qidirilgan materiallarning mazmuni haqida qöşimça ma’lumot bermadi. Xususan, ularda AQŞning yoki boşqa davlatning yadro quroli haqida gap borgani aniq emas. Şuningdek, ular tintuv çoğida bunday hujjatlar topilgani yoki yöqligini aytmagan.

AQŞ Adliya vazirligi 11 avgust kuni suddan FQB xodimlariga Tramp qarorgohida tintuv ötkazişga ruxsat bergan hujjatlarni oşkor qilişni söradi. Boş prokuror Merrik Garlendning matbuot anjumanida ma’lum qilişiça, bunday qaror «sobiq prezidentning tintuv ötkazilişini oşkora tasdiqlaşi, unga taalluqli holatlar va jamoatçilikning bu masalaga jiddiy qiziqişini hisobga olgan holda» qabul qilindi. Şuningdek, u tergov harakatlarini ötkaziş töğrisidagi qarorni şaxsan ma’qullaganini ta’kidladi.

Tramp order va olib qöyilgan hujjatlar röyxatini çop etişga aralaşmasligini aytdi. «Men bu hujjatlarning e’lon qilinişiga nafaqat e’tiroz bildirmayman. Men bu hujjatlarni zudlik bilan e’lon qilişga çaqiraman», deb yozadi u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

8 avgust kuni FQB xodimlari AQŞ sobiq prezidenti Florida ştatidagi Mar-a-Lago qarorgohini tintuv qiliş uçun ogohlantirişsiz kelgan. Trampning sözlariga köra, agentlar uning seyfini buzişgan. Tintuv vaqtida Trampning özi Nyu-Yorkda bölgan. Siyosatçining fikriça, şu yöl bilan «öta söl demokratlar» u 2024 yilda prezidentlikka öz nomzodini qöymasligiga erişmoqçi.

FQB sobiq prezidentning uyida tintuv ötkazilişiga sabab bölgan omillar haqida izoh bermadi. Biroq, Amerika OAVning tergovga yaqin manbalarga tayanib xabar qilişiça, sud tomonidan ruxsat etilgan tintuvga Tramp Oq uyni tark etganda özi bilan olib ketgan maxfiy hujjatlar sababi bölgan bölişi mumkin, aslida ular Milliy arxivga topşirilişi kerak edi.

Fevral oyida Milliy arxiv Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohidan 15 quti hujjatlar musodara qilinganini tasdiqladi. Ular orasida Trampning Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan rasmiy yozişmalari, şuningdek, Trampdan avvalgi prezident Barak Obamaning Oval kabinetda qoldirgan maktubi bor edi. 

Qonunga köra, prezidentlik muddati tugaganidan keyin uning hujjatlari Milliy arxivga topşirilişi kerak. Hujjatlarga töla bölgan qutilar qaytarilişi Trampning Prezidentlik yozuvlari töğrisidagi qonunga rioya etişi borasida savollar tuğdirdi. Şundan söng Milliy arxiv Adliya vazirligidan sobiq prezident xatti-harakatlari yuzasidan tekşiruv boşlaşni talab qildi.