Tadqiqotlarga köra, şaharlarda yöllar qança kengaytirilsa, tirbandliklar ham şunça köpayaveradi.
Jakarta, Indoneziya / Foto: fakta.news

Toşkent hokimi Jahongir Ortiqxöjayev 1994 yilgi Dubay bilan bugungi Toşkentni soliştirgani jamoatçilik orasida muhokamalarga sabab bölgan edi. Jamoatçilik faollari – Harvard universiteti doktoranti Botir Qobilov va Viskonsin universiteti doktoranti Behzod Hoşimov özaro suhbat-podkastida şu mavzudagi fikrlari bilan bölişdi.

Behzod Hoşimov şu yil Dubayga borgani, u yerda şaharsozlik böyiça qilingan xatolar tuzatilayotganini aytgan.

“1988 yil bilan soliştirsak, bugun Toşkentda kişi boşiga avtomobillar soni 6 barobar köproq. Oldin kişi boşiga nisbatan avtobus örinlari köproq edi. 1994 yilda Toşkent bundan 1,5 barobar yaşilroq edi, jamoat transportida yuradiganlarning uluşi ham köproq edi.

Dubay haqida aytadigan bölsak, u yerda 2010 yilda zörğa metro paydo böldi. Hali ham şaharsozlikning eng yomon namunalari borasida Dubaydan yomonroq misol topiş qiyin. Balki undan yomoni Las Vegas bölişi mumkin. Men borgan şaharlarning içida urbanizatsiya nuqtayi nazaridan eng yomoni – Dubay. Ehtimol Las Vegasdan yaxşi bölişi mumkin, lekin Dubay – Örta Şarq Las Vegasi. Hozir hukumat yillar davomida qilingan xatolarni tuzatyapti. Va bu xatolarni tuzatiş uçun juda qimmat tölaşyapti. Çunki vaqt nuqtayi nazaridan bir joydan ikkinçi joyga boriş juda qiyin bölib qolgan.

Dubayda bormoqçi bölgan masofangiz qisqa bölişi mumkin, lekin u joyga yetib olişingizga juda köp vaqt ketadi. Şaharning asosiy markaziy köçasi – Şayx Zayd köçasida turgan bölsangiz, uning narigi tomoniga ötiş uçun maşinada 4 km yurişingiz kerak. Bu xatolar ustida işlar boşlangan. Boğlar, piyodalar uçun şaroitlar qilinyapti. Öylaymanki, Dubay keyingi 30 yilda normal holatga kelib qoladi. Lekin Dubay qilgan xatolarni qilişimiz şartmi?” – deydi u.

Botir Qobilov esa Toşkentda qilinişi kerak bölgan har qanday xatoning ikki barobari qilindi, deb hisoblaydi.

“1988 yildagi Navoiy köçasining rasmi bor va hozirgi bilan soliştira olaman. Birinçidan, jamoat transporti juda yomonlaşdi, tramvay va trolleybus yakson qilindi. Agar 2005-2006 yillardagi hujjatlarni kötarib körsangiz, tramvay va trolleybusni yöqotişning asosiy sababi sifatida uning rentabelligi va avtomobillarga xalaqit qilayotgani keltirilgan. Şahar aholisi, ya’ni jamoat muhokamasi eşitilmagan.