“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Favqulodda vaziyatlar röy beriş manbaiga qarab quyidagilarga bölinadi: tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar; texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasidagi maxsus vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi. Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida işlaganligi uçun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boşqa imtiyozlar beriladi.
Prognoz qilingan yoki röy bergan favqulodda vaziyat kölami va holatiga qarab muayyan hududda favqulodda vaziyatlar davlat tizimi quyidagi rejimlari örnatiladi: kundalik rejim – muayyan hududda, obektda favqulodda vaziyatlar röy berişi xavfi mavjud bölmaganda; yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar röy berişi xavfi mavjud bölganda; favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar röy berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilişga oid axborotni yaşiriş, öz vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolğon axborot taqdim etiş taqiqlanadi. Davlat tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş holati, aholi xavfsizligini ta’minlaş böyiça körilayotgan çoralar, prognoz qilinayotgan yoki röy bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalaniş usullari töğrisida OAV orqali aholi öz vaqtida va işonçli xabardor qilinişi şart.
Favqulodda vaziyatlarni e’lon qiliş: mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda – hokimlar tegişli qarorlari; respublika miqyosidagi va transçegaraviy favqulodda vaziyatlarda – hukumat qarori bilan amalga oşiriladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.
Ma’lumot uçun, mamlakatda favqulodda holat e’lon qiliş alohida qonun bilan tartibga solingan.












