— Özbekiston qonunçiligida Xabeas korpus va Miranda qoidalari öz aksini topgan. Şunga qaramay u konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qöyilmoqda. Bu qoidalardan gumonlanuvçilar, ayblanuvçilar va sudlanuvçilar bilan bir qatorlar ularning haq-huquqlarini himoya qiluvçi advokatlar köp foydalanişadi. Respublikamizda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan bu qoidalarga qançalik amal qilinadi?

Ilyos Yusupov:

— Nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda Xabeas korpus va Miranda qoidalariga qat’iy rioya etiş böyiça bir qator normativ-hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, Özbekiston Jinoyat protsessual kodeksida ham şu qoidalarga rioya etilişi böyiça normalar belgilab qöyilgan.

Ma’lumki, Xabeas korpus bu sudga olib keliş, ya’ni insonning harakatini çeklaş bilan boğliq me’yorlarning aksariyatini sudlar tomonidan berilişini anglatadi. Miranda qoidalari esa insonning huquqini tuşuntiriş bilan boğliq harakatni amalga oşiriş zaruratini belgilaydi. Ya’ni Miranda qoidasi böyiça inson biron bir qilmişni sodir etişda gumonlanib uşlangan vaqtda unga huquqlarini tuşuntiriş demakdir.

Ilyos Yusupov, advokat / Foto: Kun.uz

Har bir şaxs biror bir huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etganlikda gumonlanib yoxud ayblanib uşlangan çoğida nima qilişi, harakatlarining huquqiy oqibatlari unga tuşuntirilişi lozim. Eng avvalo, u nimada gumonlanib yoki ayblanib uşlanganini bilişi kerak. Söngra, unga advokat oliş va u bilan suhbatlaşmagunça körsatma bermaslik huquqiga ega ekani, agarda ungaça körsatma bergan taqdirda uşbu körsatmalari sudda öziga qarşi işlatilişi mumkinligi tuşuntirilişi şart.

Uşbu qoidalarni Konstitutsiyamizga kiritiş rejalaştirilmoqda. Mamlakat boş qonuniga bu qoidalarning kiritilişi, öylaymanki, kelgusida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari tomonidan öz xizmat vazifalarini amalga oşirayotgan davrlarida mazkur konstitutsiyaviy normaga qat’iy rioya etilişini taqozo etadi.

— Bu norma hozir ham qonunçiligimizda aks etgan, lekin afsuski hamma ham unga amal qilavermaydi. Bu sözimni tasdiqlovçi maşhur keyslar bor, fuqaro qaysidir idora tomonidan uşlab ketilgaç, bir neça kunlab yöqolib qolgani, yaqinlari uni turli idoralardan qidirgani, alal-oqibat u qaysidir idoraning hibsxonasida topilganiga doir dalillar bor. Tajribangizda şu kabi holatlarga duç kelganmisiz?