Xorijiy mamlakatlardagi uşbu vakolatxona TTA tarixida birinçi bölib, u akademiyaning Hindistonda oliy tibbiy ta’limni taşkil etiş, mehnat bozorida talab yuqori bölgan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş böyiça öquv rejalari va dasturlarini işlab çiqiş, ilğor tibbiyot muassasalarida TTA rahbariyati va professor-öqituvçilari uçun malaka oşiriş va stajirovkalar uyuştiriş böyiça manfaatlarini himoya qiladi.
Vakolatxona faoliyati doirasida TTA talabalarining Hindiston yetakçi tibbiyot markazlarida amaliyotini taşkil etiş rejalaştirilgan. Hindistondan taniqli öqituvçilarni taklif etiş orqali akademiya pedagogik salohiyatini rivojlantirişga maksimal darajada kömaklaşişga e’tibor qaratiladi.
Kelgusida Toşkent tibbiyot akademiyasining Janubiy Koreya, Turkiya va Polşada vakolatxonalarini oçiş rejalaştirilgan.












