Estoniya Ukrainaga Rossiya agressiyasiga qarşi turiş uçun qöşimça qurollar, jumladan, minomyotlar va tanklarga qarşi vositalar beradi. Bunday qaror hukumatning Tallindagi 18 avgust, payşanba kuni bölib ötgan yiğilişida qabul qilindi.
«Ukrainadagi janglar qizğinligiça qolmoqda va Ukraina tobora köproq ğarb qurollarini olayotgan bölsa-da, biz Ukrainani qöllab-quvvatlaşga ma’naviy jihatdan majburmiz. Ukrainaliklar umumiy qadriyatlarimiz uçun kuraşmoqda va agar bizda ularga beradigan qurollarimiz bölsa, buni qilişimiz kerak», - dedi Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur. U Ukraina harbiylari qaysi qurol modellarini va qança miqdorda olişiga aniqlik kiritmadi.
Estoniya qurollardan taşqari, Buyuk Britaniya taşabbusi bilan Ukraina qurolli kuçlarini tayyorlaşni qöllab-quvvatlaşni rejalaştirmoqda va Germaniya bilan hamkorlikda Ukrainaga yana bir dala gospitalini topşirmoqçi.
Fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga harbiy bostirib kirganidan beri Estoniya Kiyevga deyarli 250 mln yevrolik harbiy yordam körsatgan, deyiladi hukumat ma’lumotida. Allaqaçon yetkazib berilgan qurollar orasida Amerikada işlab çiqarilgan Javelin tankka qarşi raketa tizimlari ham bor. Ukraina, şuningdek, Tallindan Germaniyaning eski zaxiralaridan bir neçta gaubitsalarni oldi, ularni topşiriş Germaniya hukumati tomonidan ma’qullandi. Bundan taşqari, Estoniya va Germaniya Ukrainaga qöşma taşabbus bilan yaratilgan dala kasalxonasini yetkazib berişdi.













