Joriy yilning 16 avgust kuni “Yuksaliş” umummilliy harakati taşabbusi bilan ötkzilgan onlayn konferensiyada milliy va xalqaro ekspertlar Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilişi taklif etilgan özgarişlar va bunda aynan qaysi jihatlar inobatga olinişi muhimligi borasida fikr almaşdi.
Tadbirda mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, tahlil markazlaridan taşqari AQŞ, Sloveniya, Şvetsiya kabi davlatlardan xalqaro ekspertlar iştirok etdi.

Mamlakatimizda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda bundan buyon davlat siyosatining diqqat markazida inson, uning huquq va manfaatlari, şa’ni va qadr-qimmati bölişi nazarda tutilgan. Şu bilan birga, Konstitutsiyani davlatçilik taraqqiyotining bugungi tendensiyalari va dunyodagi siyosiy vaziyatdan kelib çiqqan holda uyğunlaştiriş zarurati paydo bölgan. Konstitutsiyaviy islohotning xususiyatlari töğrisidagi masalani nafaqat vatandoşlarimiz, balki xalqaro miqyosda ham yuqori malakali ekspertlar va xalqaro hamjamiyat iştirokida muhokama qiliş muhim sanaladi.
— Bugun xalqaro hamjamiyat Özbekiston boşlagan islohotlarini kelgusida qay tarzda davom ettirişiga qiziqmoqda, - deydi “Yuksaliş” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov. — Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi ularni qiziqtirgan savollariga javob böla oladi va Özbekiston yana ildam qadam taşlab, islohotlardan töxtamasligini körsatadi. Xorijiy ekspertlar bilan uçraşuvimizdan maqsad-muddao ham şu, ularga mamlakatimiz ortga qaytmas yölni tanlaganini bildiriş. Şuningdek, ekspertlar inson huquqlarini ta’minlaş, advokatura, sud tizimini isloh qiliş masalalarining köpi Qonun loyihasida aks etganini e’tirof etişmoqda, qöşimça takliflarni ham bildirişmoqda.

Konferensiyada iştirok etgan AQŞning Berkli yuridik instituti direktori Jyeremi Fogel mamlakat konstitutsiyasining köplab fuqarolik huquqiga ega boşqa davlatlar konstitutsiyasidan farqli va öziga xos jihatlari haqida gapirdi.
— Özbekiston Konstitutsiyasida 100 dan ortiq, AQŞ Konstitutsiyasida esa 7 ta modda bor. Biz unga hukumat, ijro etuvçi qonunçilik va sud hokimiyatlarining vazifalari aks etgan iş rejasi sifatida qaraymiz. Barça davlatlar Boş Qonunida fuqarolik jamiyatining huquq va majburiyatlari belgilanmagan. Mamlakatingizda yangidan qabul qilinişi kutilayotgan konstitutsiyaviy Qonun loyihasida bu jihatlar aks etmoqda. Birinçi qadam qöyildi, maqsadlar belgilandi, endi Konstitutsiyaning ijrosini töliq ta’minlaş nihoyatda muhim














