“Yuksaliş” harakati aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş sohasida qilinayotgan işlarni tanqid qildi. “Özsuvta’minot” bunga raddiya berib, “Yuksaliş”ni mas’uliyatsizlikda aybladi. Kun.uz ikki tomon pozitsiyasini ommaga yetkaziş maqsadida ularni öz studiyasiga çorladi. Ammo faqat “Özsuvta’minot” keldi.

Şokir Şaripov, jurnalist: Kuni keça “Yuksaliş” harakati sohadagi bölayotgan işlarni tanqidga oldi, “yaxşi ketmayapti işlar” deb. Şu töğrisida biroz töxtalsak.

Asiljon Muhiddinov, "Özsuvta’minot" AJ bölim boşliği: “Yuksaliş” umummilliy harakati tomonidan içimlik va oqova suv quriliş obektlari örganildi, bir qança kamçiliklar aniqlanib, keng jamoatçilikka e’lon qilindi. Aniqlangan kamçiliklarni biz qayta örganiş jarayonida harakat tomonidan örganiş işlari ma’lum bir tartib-tamoyilga, qonun-qoidaga amal qilinmasdan amalga oşirilganini aniqladik. Quriliş obektiga çiqiladigan bölsa, mana şu yönalişda ma’lum bir salohiyatga, ma’lum bir ma’lumotga ega bölgan mutaxassis iştirokida örganiladi.

Ş.Şaripov: Bevosita tanqid manbasiga töxtalaylik, ular nimani tanqid qilyapti va sizlarning e’tirozlaringiz nimadan iborat?

Islom Abdullayev, "Özsuvta’minot" AJ boşqarma boşliği: “Yuksaliş” umummilliy harakati tomonidan ötgan yili, 2024 yilda qurib bitkazilgan, quriliş-montaj işlari olib borilgan obektlar örganilgan. Qayta örganişimiz natijasida, ular tanqid qilgan obektlar öz isbotini topmadi.

Örganiş jarayonida notöğri yondaşuv bölgan. Birinçidan, quriliş obektlari loyiha-smeta hujjatlariga binoan örganilişi kerak. Muhandis-quruvçi, muhandis-texnolog örganişi kerak. Misol uçun, ba’zi bir obektlarga nisbatan “qurilişi yakunlanmagan” deyilgan.

Töğri, obektlarimizning ayrimlari qurilişi yakunlanmasdan, prezidentning tegişli qarorlari bilan 2025 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga kiritilgan, budjetdan mablağ ajratilgan. Şu tariqa, ötgan yili boşlagan qurilişni bu yil davom ettirib, yil yakuni bilan foydalanişga topşiriş maqsadida. Ular keltirgan 37 ta obektning aksariyat qismi öşa – yildan yilga ötuvçi obektlar, ular buni “qurilişi yakunlanmagan” deyapti. Inşoot bitmasdan turib, qanday tarmoqqa suv beriş mumkin?