«Yuksaliş» umummilliy harakati fuqarolik jamiyati, biznes, OAV vakillari va ekspertlarning 2023 yilda Özbekistonda qanday özgarişlar yuz bergani hamda 2024 yilda yana nimalar özgarişini kutayotgani haqidagi fikrini biliş maqsadida sörov ötkazdi. Asosiy kutilmalar – korrupsiyaga qarşi kuraş bilan boğliq.

Sörovda jamoat arboblari, siyosatçilar, jurnalistlar, blogerlar, nodavlat notijorat taşkilotlari, biznes va akademik hamjamiyatning 260 nafar vakillari iştirok etdi. Ular orasida Yoşlar işlari agentligi direktorining birinçi örinbosari Dilnoza Kattaxonova, ÖzA Boş direktori birinçi örinbosari Xuşnud Xudoyberdiyev, siyosatşunos-ekspertlar Kamoliddin Robbimov, Farhod Tolipov, Yuriy Saruxanyan, deputat Doniyor Ğaniyev, inson huquqlari böyiça yurist Dilfuza Qurolova, gender masalalari böyiça ekspert Kamola Aliyeva, jurnalist va blogerlar Muhrim A’zamxöjayev, Qobil Xidirov, Yorqin Sodiqov, Aziz Qarşiyev, NNT rahbarlari Oybek Isoqov, Natalya Sviridova va boşqalar bor.

Respondentlarga har bir taqdim etilgan savollar javoblarini 3 tagaça tanlaş, şuningdek, boşqa, ya’ni öz taklifini kiritiş imkoni berildi.

Sörov natijalariga köra, mamlakatda yakunlanayotgan yilning asosiy özgarişlari quyidagilar:

  • Referendum ötkazilib, Konstitutsiya yangi tahrirda qabul qilingani – 70,3 foiz;
  • Ayollar va bolalarni zöravonlikdan himoya qiluvçi qonun kuçga kirgani – 59,7 foiz;
  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etilgani – 45,9 foiz.

Şuningdek, ekspertlar joriy yilda Özbekistonda energetika tizimini yaxşilaş, xususan, yirik quvvatdagi quyoş va şamol elektr stansiyalari foydalanişga topşirilgani (36,2 foiz), uyuşgan jinoyatçilikka qat’iy kuraşiş, «köça» jinoiy guruhlaridan tozalanayotgani (33,2 foiz), Davlat bayroği maqomi oşirilişi, bayroqdan keng foydalaniş imkoniyati yaratilgani (32,1 foiz)ni e’tirof etgan. 

Ayrim respondentlar qöşni davlatlar bilan aloqalar mustahkamlanişi, Özbekiston-Qirğiziston çegarasi delimitatsiyasi va ikki davlat fuqarolarining çegaradan ID-karta orqali ötiş imkoniyati yaratilgani hamda ma’muriy islohotlar – hukumatga böysunuvçi davlat boşqaruv organlari soni 61 tadan 28 taga kamaytirilişi avvalgi yillardagi takliflarning ijobiy natijasi deb hisoblagan.

«2024 yilda qanday islohotlarni kutyapsiz?»

Bu savolga respondentlarning 63,3 foizi «Korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşiş, barça böğinlarda “tozalovlar” ötkaziş» degan javobni tanlagan.