28 iyun kuni Oliy Majlis Senati va «Yuksaliş» harakati taşabbusi bilan «Muqobil energiya resurslarini rivojlantiriş, xususan aholi, tadbirkorlik subektlari va ijtimoiy obektlarda quyoş stansiyalarini örnatiş» mavzusidagi jamoatçilik eşituvi taşkil etildi.
Unda senat a’zolari, mahalliy kengaşlar deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoatçilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
«Bugungi kunda energiya tejamkorligini oşiriş, ekologik toza, noan’anaviy va qayta tiklanuvçan energiya manbalaridan foydalaniş kölamini yanada kengaytiriş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Şu bois, mamlakatimizda ham aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan keng foydalanişi masalasi dolzarb hisoblanib, bu borada sönggi yillarda qator me’yoriy hujjatlar, jumladan, «Energiyadan oqilona foydalaniş töğrisida»gi hamda «Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş töğrisida»gi qonunlar takomillaştirildi, şuningdek, Özbekiston prezidenti va hukumatning bir qator qarorlari qabul qilindi», deyiladi «Yuksaliş» harakati matbuot xizmati xabarida.
Eşituvda «yaşil» energetikani rivojlantiriş, xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy qiliş, şu jumladan, aholi, tadbirkorlar va ijtimoiy soha obektlarida quyoş panellarini örnatiş orqali energiya tejamkorligini ta’minlaş borasidagi amalga oşirilayotgan işlar böyiça Energetika vazirligi vakillari hisoboti tinglandi.
Amalga oşirilgan işlar natijasida hozirgi kunda respublika böylab umumiy quvvati 1800 MVt.dan yuqori bölgan 9 ta quyoş fotoelektr stansiyalari va 1 ta 200 MVt şamol elektr stansiyasi işlab turgani va gidro elektr stansiyalarida işlab çiqarilayotgan quvvatlarni qöşib hisoblaganda yaşil energiyadagi uluş qariyb 25 foizdan oşgani ta’kiddlandi.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida uşbu stansiyalarda 1 532 mln KVt soatdan ortiq elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Yil yakuniga qadar şamol va elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 4 200 MVt.ga yetkaziş rejalaştirilgani ma’lum qilindi.
Şu bilan birga, Özbekiston prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga köra taşkil qilingan «Yaşil energiya» kompaniyasi tomonidan har bir hududga ikki nafardan vakil biriktirilib, manzilli röyxat şakllantirilgan.
Unga köra, Yaşil energiya kompaniyasi tomonidan respublika böyiça 895 ta ijtimoiy soha obektlari va davlat idoralariga jami 40 MVt quvvatda quyoş panellari örnatilgan.












