Hujjat matniga köra, davlat idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlaş, iqtisodiy qudratini yuksaltiriş, keng kölamli islohotlarni, yirik bunyodkorlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşiriş, hududlarni kompleks rivojlantiriş borasidagi xizmatlari, taşabbuskorlik va taşkilotçilik fazilatlari bilan vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini oşirişga qöşayotgan katta hissasi, yoş avlodni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaş, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş yölidagi ibratli faoliyati hamda tavalludi 60 yilligi munosabati bilan boş vazir birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Oçilboy Ramatov 1962 yil Xorazm viloyatida tuğilgan, 2016 yildan boş vazir birinçi örinbosari. U transport vaziri (2019-2020), «Özbekiston temir yöllari» kompaniyasi boşqaruv raisi (2002-2019), Senat a’zosi (2015-2020), Özbekiston boks federatsiyasi prezidenti (2012 yildan) va Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti (2018-2019) bölib işlagan.

O.Ramatov 2000 yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan sanoat xodimi» davlat unvoni bilan, 2007 yil avgust oyida «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan, 2011 yil avgust oyida «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan, 2013 yilda esa «Özbekiston Qahramoni» unvoni berilgan, 2015 yilda Rossiyaning «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.