Fojia 20 avgust kuni keçqurun Moskva halqa yölidan 25 kilometr uzoqlikda sodir bölgan. 29 yoşli Darya Dugina boşqarib borayotgan Land Cruiser Prado yölda portlab ketgan. Ayol voqea joyida halok bölgan.
Huquq-tartibot idoralari dastlab avtomobilda gaz balloni portlagan bölişi mumkinligini taxmin qilişgan edi. Ammo hozirda qölbola portlovçi qurilma maşina tagiga joylaştirilgan degan xulosaga yaqin turişibdi. Agar bu versiya tasdiqlansa, suiqasd nişoni Aleksandr Duginning özi bölgani oydinlaşadi.
Öşa kuni faylasuf va uning qizi Moskva yaqinidagi Zaxarovo qişloğida ötkazilgan «Traditsiya» festivaliga mehmon sifatida taklif etilgan. Aynan öşa yerdagi avtoturargohga qöyilgan avtomobilga portlovçi moslama örnatilgan bölişi mumkin. Guvohlarning sözlariga köra, Dugin va uning qizi Moskvaga birga qaytişni rejalaştirişgan, biroq oxirgi lahzada rejalar özgarib, otasi boşqa avtomobilga ötirgan.
Hozirda Tergov qömitasi tomonidan «Qotillik» moddasi bilan jinoyat işi oçilgan.
Allegedly Dugin at the location where his daughter was assassinated. pic.twitter.com/2dHo6T4I27
— Dmitri (@wartranslated) August 20, 2022
Aleksandr Dugin faylasuf va konservativ publitsist, «Rus dunyosi» va neoyevrosiyo mafkurasining tarğibotçilaridan biri sifatida tanilgan. U Rossiyaning qöşni davlatlar ustidan hukmronlik qilişi kerakligi, AQŞ va NATO ta’siriga qarşi turişi lozimligi haqidagi ğoyalar tarafdori hisoblanadi. Dugin köp yillar davomida Moskvani jahon sahnasida yanada tajovuzkor bölişga çaqirib kelgan.
Ğarb ommaviy axborot vositalari uni zamonaviy Rossiyaning asosiy mafkuraçilaridan biri, unga Vladimir Putin, Kreml rasmiylari va köplab amaldorlar quloq soladi deb hisoblaydi.
2014 yilda Dugin Ukrainaga qarşi keskin bayonotlar bilan çiqqan, 2 may kuni Odessada yuz bergan fojiali voqealarni şarhlab, «öldiriş, öldiriş va yana öldiriş»ga çaqirgan edi. U Ukrainadagi uruşni töliq qöllab-quvvatlab kelmoqda.
Dugin 2014 yildan buyon Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatida, 2015 yildan esa Qrimning Rossiyaga qöşib olinişiga aloqadorlikda gumon qilinib, AQŞ va Kanada sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.
Qizi Darya otasining mafkurasini töliq qöllab-quvvatlab kelayotgan va uning öng qöliga aylangan edi. Otasi bilan birga u falsafa va siyosatşunoslik böyiça ma’ruzalar öqigan. Dugin asos solgan Xalqaro Yevroosiyo Harakatida siyosiy kuzatuvçi bölib işlagan. Kremlparast hisoblanadigan RT va «Tsargrad» uçun Darya Platonova taxallusi bilan siyosiy maqolalar yozgan.












