5 sentabrdan yangi öquv yili boşlanadi. Hozir ota-onalar farzandlarini yaxşi maktab, öqituvçilarga beriş uçun yelib-yugurişi tabiiy. Bundan esa ayrim maktablar rahbarlari foydalanib qoliş payida böladi.
Facebook'dagi “Potrebitel.uz” guruhida Mişa Kim ismli foydalanuvçining yozişiça, bir maktabning rahbari muassasaga kamera örnatiş uçun pul söragan.
“Hali öquv yili boşlangani yöq, lekin men hozirdan asabiylaşişni boşladim… Kimning maktabiga kamera örnatilib, buning uçun 1 mln 700 ming söm söraşyapti?” – deya yozgan u.
Şu postning muhokamasiga fikr yozib qoldirganlar ham maktab uçun ma’lum summalarda pul berişganini yozişgan.
“2019 yilda (Yunusobod tumanidagi 246-sonli) maktabda turniketi uçun ikki nafar farzandimizning har biriga har biri 60 ming sömdan 120 ming söm tölaganmiz. Oxirida mana, na turniket, na pullar bor”, – deydi foydalanuvçilardan biri.
“Köplar qatori mendan ham, maktabimizda esa jami 2–2,5 ming nafar odamdan 25 ming sömdan pul yiğilgan. Hozir pul ham, turniket ham yöq”, – deydi boşqa bir fuqaro.
Biz suhbatlaşgan ota-onalardan biri bu yil farzandini Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanidagi maktablardan biriga joylagani, öquv yili boşlanişidan oldin maktab direktori pul söraganini aytdi.
“Men ham 550 ming söm berdim. Direktor öğlimni 1-sinfga qabul qilayotganda: “Sinflarga audioyozuvli kamera örnatyapmiz, yordam qila olasanmi?” degandi, noiloj ha dedim. Çunki avvalroq bolam yaxşiroq öqituvçiga tuşişini söragandim. Şarti şu böldi menimça”, – deydi u.
Suhbatdoşga köra, xarid qilingan kamerani örnatiş xarajatlari uçun ham yana 200 ming söm söraşgan, lekin u bermasligini aytgan.
Boşqa bir suhbatdoşimiz esa şu oy farzandini Yakkasaroy tumanidagi maktablardan biriga joylagan.
“Özimizning emas, boşqa hududga berayotganimiz uçun direktor olmayman deb paysalga soldi, keyin narx qöydi. 200 dollar bersak, farzandim şu maktabda, yaxşi öqituvçilarning qöl ostida öqişini aytdi. Keyin noiloj bolam uçun berdik şu mablağni”, – deydi u.












