Ukrainadagi uruş: ukrainaliklarga vayron qilingan uy-joylarni kim va qanday qilib qaytaradi?
|20:49 / 21.08.202224 60914 min
Uruş tufayli millionlab ukrainaliklar boşpanasiz qoldi. Vayronagarçilikni hujjatlaştiriş uçun ular köplab tösiqlarni yengib ötişi yoki uylarni mustaqil ravişda tiklaşi kerak. Biroq rasmiylarning ta’kidlaşiça, Rossiyaning çet elda muzlatilgan köp milliard dollarlik aktivlari tez orada zararni qoplaş uçun sarflanadi.
Foto: Getty Images
Kiyev viloyatining Makarov qişloğida yaşovçi, musiqa maktabi sobiq öqituvçisi, hozirda nafaqada bölgan Alla Vitkovskayaning uyi mart oyidagi janglarda vayron qilingandi. Ruslar Kiyevni örab oliş uçun qişloqni yorib ötişga harakat qildilar va bu yerda şiddatli janglar böldi.
Bu uy 1911 yilda qurilgandi. U oilaning tört avlodi tomonidan ta’mirlandi, qayta qurildi, deydi Vitkovskaya. Ammo bir neça kunlik janglardan keyin uydan heç narsa qolmadi.
Foto: Alla Vitkovskaya
«Hammasi yonib ketdi – uy, yozgi oşxona, garaj. Ikkita yertöla bor edi - birortasi ham qolmadi, qoramol ham, tovuq ham, - deb sanab ötadi u. Hozir faqat gullar oçilib turibdi va siniq pianino bor xolos».
Ayolning aytişiça, uning oilasi uyni tiklay olmaydi yoki yangisini ham sotib ololmaydi. Eri birinçi guruh nogironi, ikkisi ham nafaqada. Ular heç bölmaganda vagonça yoki vaqtinçalik modul-uy olişga umid qilişmoqda.
Vitkovskaya uruş tufayli boşpanasiz qolgan 3,5 million ukrainalikdan biridir.
Kiyev iqtisodiyot maktabining dastlabki hisob-kitoblariga köra, Ukrainada kamida 15,3 ming köp qavatli uy va 115,9 ming xususiy uy şikastlangan yoki vayron bölgan. Yetkazilgan zarar hajmi kamida 48 milliard dollarni taşkil qiladi va bu qiymat uruş davom etgan sayin ösib bormoqda.
«Davlat yöqotilgan köçmas mulkning har bir metri uçun tovon tölaydi», deb va’da qilgan edi prezident Volodimir Zelenskiy mart oyi oxirida ukrainaliklarga.
Jarayon boşlandi
Ukrainada vayron bölgan va yöqotilgan uy-joylar qanday qilib va qança miqdorda qoplab berilişi haqidagi qonun hali ham qabul qilinmadi. Qonun loyihasi 1 aprelda birinçi öqişda qabul qilingan va şundan beri ikkinçi öqişga tayyorlanmoqda.
Qonun loyihasi mualliflaridan biri, «Xalq xizmatkori» fraksiyasi vakili Yelena Şulyak hujjat avgust oxiri yoki sentabr oyi boşida ovozga qöyilişi mumkinligini taxmin qildi.
Mavzuga oid
Hozirça faqat fuqarolarning uy-joylari buzilgani yoki şikastlangani haqida ariza beriş tartibi bor. Amalda faqat kompensatsiya qilinişi kerak bölgan uy-joylarni hisobga oliş jarayoni töliq işga tuşirildi, xolos.
Foto: Getty Images
Qoidalarga köra, yetkazilgan zarar haqida notarial idorada yoki Ma’muriy xizmatlar körsatiş markazida (TsNAP) yoki «Deystviye» mobil ilovasi orqali ariza beriş mumkin. Şuningdek, mahalliy hukumat idoralariga ham bevosita murojaat qilsa böladi.
Şundan söng, bino holatini örganiş uçun mutaxassislar yuborilişi kerak. Ular mol-mulkka yetkazilgan zarar töğrisida tegişli dalolatnoma tuzadilar, unga vayron etilgan bino fotosuratlari ilova qilinadi.
Dalolatnoma harbiy harakatlar natijasida şikastlangan va yöq qilingan mol-mulklarning maxsus davlat reyestrida röyxatga olinadi.
Şuningdek, mulkdor öz hisobidan texnik ekspertiza ötkazişga buyurtma berişi va xulosani mahalliy hokimiyat organlariga bepul topşirişi ham mumkin.
Hamma narsa röyxatga olinadi
Şu bilan birga, BBC News bilan suhbatlaşgan ukrainaliklarning ba’zilari vayronagarçilik va zararni hisobga oliş jarayoni ham yaxşi işlamayotganini ta’kidlaşadi.
Foto: Getty Images
Borodyanka şahrining vayron qilingan uylaridan birida kvartirasi bölgan Anjyelika hozir xorijda yaşayapti. U «Deystviye» mobil ilovasi orqali ariza bergani, ammo heç qanday javob bölmaganini aytadi.
Uning qöşnilari vayron bölgan uy-joy dalolatnomasini oliş uçun töğridan töğri mahalliy hokimiyatga murojaat qilişgan.
BBC News suhbatlaşgan odamlarning har biri faqat mahalliy hokimiyatga töğridan töğri murojaat qilganidan keyingina bunday dalolatnomani olişgani yoki heç bölmaganda zararni baholovçi tegişli komissiya kelişiga erişganini aytişadi. Ayrimlari politsiyaga va FVV mahalliy bölimiga alohida ariza yozişgan.
Kompensatsiya olişning aniq huquqiy mexanizmi hali ham yöqligi sababli, huquqşunoslar vaqt ötişi bilan heç narsasiz qolmaslik uçun qöşimça çoralar körişni maslahat berişadi.
Xususan, Ario Law Firm hamkori Yevgeniy Gruşovets jinoiy huquqbuzarlik sodir etilgani haqida albatta politsiya yoki prokuraturaga şikoyat qilişni maslahat beradi.
Uning sözlariga köra, bu yetkazilgan zararni röyxatga olişning eng samarali usullaridan biri bölib, Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlari böyiça beriladigan yirik da’volarning bir qismiga aylanişi mumkin.
«Huquq-tartibot idoralari mol-mulkni közdan keçirişi, holatni hujjatlaştirişi, şaxsni jabrlanuvçi deb tan olişi, tuşuntiriş xati yozdirişi, jinoyat işi oçişi kerak. Bunday işlar evaziga biz tajovuzkor davlat – Rossiya tomonidan yetkazilgan zararni qoplaş mexanizmiga ega bölişimiz mumkin».
Qöşimçasiga Gruşovets mahalliy hokimiyat idoralariga murojaat qilib, şikastlanişni qayd etuvçi maxsus komissiya kelişiga erişişni maslahat beradi.
«Agar uy-joy vayron qilinmagan, balki şikastlangan bölsa, buni hujjatlaştiriş orqali kelajakda kompensatsiya oliş va mustaqil ta’mirlaş imkoniga ega böliş mumkin, deb qöşimça qiladi advokat. - Ammo şikastlaniş holatlari albatta foto va video bilan qayd etilişi lozim».
Agar ta’mirlaş işlari mustaqil boşlangan bölsa, quriliş materiallari sotib olinsa yoki ustalarga xizmat haqi tölansa, barça çeklar saqlab qöyilişi, hujjatlar töğri rasmiylaştirilişi kerak. Keyinçalik şular orqali kompensatsiya olsa böladi.
Mustaqil harakatlar
Agar vayron bölgan uy-joyni hisobga oliş jarayoni allaqaçon davom etayotgan bölsa, unga kompensatsiya berilişi, tiklanişi yoki şunga öxşaş yordam kamdan kam uçraydigan holatdir, bunda köp narsa mahalliy hokimiyat idoralariga boğliq.
Foto: Lyudmila Kizilova
Buça şahrida yaşovçi 67 yoşli Lyudmila Kizilova uyi mahalliy hokimiyat tomonidan töliq buzilib berildi.
Uning uyi bahorgi janglar va rus istilosi markazida edi. Uning eri halok böldi, rus harbiylari uyini egallab olişdi. Buça ozod qilingan paytda esa uyi yonib, xarobaga aylangandi.
«Şahar kengaşiga ariza berdim, komissiya keldi. Öt öçiruvçilarga murojaat qildim, ular öz işçilarini yuborişdi. Hammasi uyni tiklaş yoki ta’mirlaş ilojsiz degan xulosaga kelişdi», deydi u. «Uyni buzib taşlab, örnida yangisini quriş kerak. Lekin buning uçun kim mablağ ajratadi va qaçon böladi, bu haqda heç narsa ma’lum emas».
Foto: Lyudmila Kizilova
Buçansk meri örinbosari Dmitriy Çeyçukning aytişiça, hududda vayron qilingan uylarning 80-90 foiziga dalolatnoma tuzilgan. 179 ta xususiy uy töliq buzib taşlanişi kerak va şahar bu işlarni mustaqil ravişda amalga oşirmoqda».
«Bizda hamma narsa juda tartibli, reja böyiça taşkil etilgan, çunki bu voqealardan imkon qadar tezroq tiklanib olişni xohlaymiz, - deydi u.- Bir neça haftadan beri kommunal xizmatlar fuqarolarning uylarini bepul demontaj qilmoqda».
Bundan taşqari, uning sözlariga köra, şaharda şikastlangan uylarni joriy ta’mirlaş böyiça işlar boşlab yuborilgan. Jumladan, 8 million grivna qiymatidagi quriliş materiallari xarid qilingan va iş bajaradigan pudratçini aniqlaş uçun 5 million grivnaga tender e’lon qilingan.
Şaharni qayta tiklaş uçun xalqaro taşkilotlar va ğarblik hamkorlar tomonidan ham mablağ va’da qilingan. Xususan, Italiya va Tayvan Buçaga 500 ming yevro ajratmoqçi, BMT Taraqqiyot dasturi ham mablağ va’da qilgan, ammo Çeyçuk bu jarayon tez emasligini aytadi.
«Odamlar bunday xabarni eşitib, mablağ berildi deb öylaşadi. Buçada allaqaçon bunday imkoniyatlar bor, nega ular mening uyimni haligaça tiklamadi deb söraşadi. Lekin hozirça bularning hammasi va’da», deydi u. «Bizda esa zudlik bilan amalga oşirilişi kerak bölgan şoşilinç işlar bor».
Biroq ba’zi dasturlar uçun davlat budjetining zaxira fondidan ham mablağlar ajratilmoqda.
Xususan, Jamoalar va hududlarni rivojlantiriş vazirligi xabariga köra, hukumat harbiy harakatlar oqibatlarini bartaraf qiliş uçun Jitomir, Kiyev, Sumi va Çernihiv viloyatlariga 1,5 milliard grivna, Kiyevga 200 million grivna va Xarkiv viloyatiga 250 million grivna ajratgan.
Uşbu mablağlar birinçi navbatda muhim va ijtimoiy infratuzilmaga sarflanadi. Ammo oz miqdorda şikastlangan uy-joylarni tiklaş böyiça davlat dasturi ham bor.
Foto: Getty Images
Aynan şunday dastur asosida Irpin şahrida şikastlangan köp qavatli uylardan birining aholisi derazalar, eşiklarni almaştiriş va tomni ta’mirlaş uçun mablağ oldi, - deydi Oksana Sergiyenko, uy egalari uyuşmasi raisi.
«Uyimizda yaşovçi ayolning kömagi bilan bunga erişdik. U barça byurokratik yukni öz zimmasiga oldi, kabinetlarni aylanib çiqdi va maqsadga erişdi. Hozir deraza va eşiklarni almaştiriş jarayoni boşlandi».
Biroq boşqa vayronagarçilikni aholi öz kuçi bilan bartaraf qilişga majbur. Xususan, şikastlangan qozonxonani qayta tiklaş uçun özlari mablağ yiğişdi, çunki, uylar isitilmasa, qişda yaşab bölmaydi.
«Biz har bir kvartira egasidan 30 ming grivnadan yiğişga muvaffaq böldik, - deydi Sergiyenko. - Biz allaqaçon oldindan tölovni amalga oşirdik. Çunki vaqt oz qolyapti, heç kim bunday işni qisqa vaqt içida bajarmaydi. Şu tufayli isitiş mavsumini ança keç boşlaymiz».
Aholi sarflangan mablağlarni kelajakda kompensatsiya sifatida qaytarib olişdan umidvor.
«Bizga barça hujjatlarni töğri rasmiylaştiriş, xulosalar, hisob-kitoblar, loyihalarni tayyorlaş kerakligini aytişdi. Kompensatsiya mexanizmi tasdiqlansa, ariza topşirişimiz mumkin böladi», deb qöşimça qildi u.
Muzlatilgan milliardlar
Buzilgan uy-joylarni tiklaş va kompensatsiya uçun talab qilinadigan köp milliard dollarlik mablağni Ukraina qoplay olmasligi allaqaçon aniq.
Foto: Getty Images
Rossiyaning çet elda muzlatilgan aktivlari uruşdan keyin uy-joy va butun mamlakatni tiklaş manbalaridan biriga aylanişi mumkin. Hozir biz Ukrainaga bu mablağlarni oliş imkoniyatini beruvçi mexanizmni işlab çiqişimiz kerak va bu jarayon allaqaçon qizğin pallada, deydi şu masala bilan şuğullanuvçi adliya vaziri örinbosari Irina Mudra.
Gap kompensatsiya mexanizmi – muzlatilgan aktivlar mavjud bölgan hamkor davlatlar örtasidagi köptomonlama kelişuvni imzolaş haqida bormoqda. Natijada zararni qoplaş böyiça da’volarni körib çiquvçi maxsus komissiya tuzilişi kerak.
Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan suveren immunitetni olib taşlaş uçun kompensatsiya mexanizmi böyiça kelişuv zarur.
«Rossiya Federatsiyasi muzlatilgan aktivlardan foydalana olmaydi. Lekin ularni muzlatib qöygan davlat ham bu aktivlarni heç narsa qila olmaydi, bu qonunga ziddir, ya’ni suveren immunitetga ega», - deb tuşuntiradi Irina Mudra. «Uni faqat ma’lum bir mamlakat qonunçiligi yoki xalqaro kelişuvlar asosida olib taşlaş mumkin».
Bunday mexanizm – dunyoda huquqiy pretsedent hisoblanadi, hozirgaça heç kim buni qilmagan.
Vazir örinbosarining sözlariga köra, kompensatsiya mexanizmi allaqaçon işlab çiqilgan, uni dunyodagi xalqaro huquqning yetakçi ekspertlari tayyorlagan. Yozda u AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengaşiga taqdim etildi va ular tomonidan juda yuqori baholandi.
Kompensatsiya mexanizmi böyiça tayyorlangan hujjatlar BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan kuzda körib çiqiladi, şundan söng kelişuv imzolanişi mumkin, deb umid qilmoqda Ukraina hukumati.
Şundagina Ukraina muzlatilgan mablağlardan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Adliya vazirligi xabariga köra, gap xususan quyidagilar haqida ketmoqda:
Rossiya Markaziy bankining 350 milliard dollar aktivlari, uruşdan keyin ittifoqçilar Ukrainaga reparatsiya sifatida topşirişi kerak;
Yevropa Ittifoqida rossiyaliklarga tegişli bölgan 30 milliard dollardan ortiq xususiy aktivlar;
Rossiya elitasining Amerika va Yevropa banklaridagi yuzlab million dollar mablağlari.
Keyinçalik, maxsus komissiya jismoniy va yuridik şaxslar, Ukraina hukumati, davlat korxonalari va xalqaro taşkilotlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan zararni kompensatsiya qiliş böyiça berilgan da’vo arizalarini körib çiqadi. Şundan söng tölovlar amalga oşiriladi.
Davlat reyestriga kiritilgan, «Deystviye» ilovasi orqali yuborilgan arizalar böyiça kompensatsiya aynan şunday tartibda qoplanadi.
Hozirça, ukrainaliklar vayron bölgan uylari uçun tovon pulini qaçon olişi noma’lum. Lyudmila Kizilova bu imkon qadar tezroq amalga oşişiga umid qilmoqda, çunki öz uyini tiklab olişni hamma narsadan köproq xohlamoqda.
«Bu buvimning yeri, farzandlarim şu yerda tuğilgan, men bu yerda ildiz otganman, – deydi u, – men ham aynan şu joyda yaşaşni xohlardim».