24 avgustdan “Taşabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi doirasida ovoz beriş jarayoni boşlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mavsum doirasida fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalaştiriş maqsadida respublika böylab qariyb 1 trillion 62 mlrd söm mablağlar yönaltirilişi közda tutilgan.

Qayd etilişiça, endilikda “Humans” aloqa operatori abonentlari ovoz beriş jarayonlarida iştirok etiş imkoniyatiga ega bölmaydi.

Şuningdek, “Oçiq budjet” portalida röyxatdan ötgan foydalanuvçilar ham ovoz beriş jarayonida özlarining telefon raqamlari orqali iştirok etişlari kerak böladi.

Infografika: Moliya vazirligi matbuot xizmati

Moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, hozirda portalga bir vaqtning özida köplab fuqarolarning kirişi sababli sayt faoliyatida qiyinçiliklar kuzatilyapti.

“Portal uzluksiz faoliyat körsatişi uçun texnik işlar amalga oşirilmoqda. Yöqotilgan har bir vaqt uçun kompensatsiya tariqasida ovoz beriş jarayoni uzaytiriladi.

Faol bölganingiz uçun minnatdormiz. Sizning ovozingiz biz uçun muhim!” – deyiladi rasmiy xabarda.

Infografika: Moliya vazirligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, bu mavsumda fuqarolardan jami 61 566 ta taşabbus kelib tuşgan.

Taşabbuslarning 32 foizi içki yöllarni (piyodalar yölakçasi, yöl ötkazgiçlar) ta’mirlaş, 13 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlaş yoki jihozlaş, 12 foizi esa köça çiroqlarini ta’mirlaş va örnatişga doir.