Ma’lum bölişiça, Ğallaorol tumani Saroy qişloğida doimiy röyxatda turib, Zafarobod tumanida vaqtinça yaşab kelgan ayol internetdan Şarof Raşidov tumani Saroylik mahallasida yaşovçi yigitning fotosuratlarini köçirib olgan. Söng ularni montaj qilib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilişini aytib qörqitgan va yigitdan 5 million söm talab qilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda ayol yigitdan talab qilgan pullarini Jizzax şahrida olayotganda daliliy aşyolar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda fuqaroning videolarini internetda tarqatiş bilan qörqitib, 1000 dollar talab qilgan şaxs uşlangandi.











