Prezident Şavkat Mirziyoyev Amanbay Orinbayevning rahbarlik qobiliyati, vatanparvarligi va insoniy fazilatlarini, şuningdek, hududni rivojlantiriş borasidagi takliflarini hisobga olib, uning nomzodiga öz roziligini bildirdi.

«Sizning bittayu bitta vazifangiz - xalqni rozi qiliş. Har bir tuman, qişloq va ovullarga kirib borib, aholiga munosib turmuş şaroiti yaratiş kerak», - dedi davlat rahbari.

Jöqorği Kenges deputatlari, jamoatçilik vakillari sözga çiqib, nomzodni qöllab-quvvatladi.

Şundan söng, Jöqorği Kenges raisini saylaş masalasi ovozga qöyildi. Yaşirin ovoz beriş yöli bilan Amanbay Orinbayev bir ovozdan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi lavozimiga saylandi.

«Amanbay Orinbayev adolat, sadoqat, halollik, mas’uliyat, taşabbuskorlik va fidoyilikni öz faoliyatining eng muhim mezonlari sifatida belgilab olib, saylangan lavozimida  Qoraqalpoğiston ahliga sidqidildan xizmat qilişi va öziga bildirilgan işonçni oqlaşi lozim», dedi prezident Jöqorği Kengesning yangi raisiga murojaat qilar ekan.

Orinbayev 2020 yil kuzidan buyon Qoraqalpoğiston rahbari bölgan Murat Kamalovning örnini egalladi. Bugungi sessiyada prezident Qoraqalpoğiston rahbariyatini iyun oyi boşidagi voqealar uçun keskin tanqid qilgandi.

Ma’lumot uçun, 2016-2017 yillarda Nukus şahar IIB boşliği bölgan Amanbay Orinbayev 2017 yil mayida Qoraqalpoğiston IIV Jinoyat qidiruv boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan, 2019 yilning martidan 2020 yil fevraligaça Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari sifatida faoliyat yuritgan, keyin ikki yil IIV Jamoat tartibini saqlaş xizmati boşliğining birinçi örinbosari bölgan, 2022 yil martida Qoraqalpoğiston içki işlar vaziri etib tayinlangandi.

2022 yil iyulidan hozirga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining Ekologiya va Orolböyi hududlarini rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlayotgandi.