Arxitektura yodgorligi hisoblanadigan Navoiy köçasi 30-uy manzilidagi AOKA binosining fasadi vakolatli organning roziligi olinmasdan rekonstruksiya qilinayotgani aytilgandi. 

Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşining joriy yil 25 avgust kuni bölib ötgan navbatdagi yiğilişida Navoiy köçasi 30-uyning fasad qismini joriy ta’mirlaş loyihasidagi binoning tarixiy körinişini, me’moriy va badiiy jihatlarini qat’iy saqlaş şarti bilan ta’mirlaş işlariga ruxsat berilgan.

Şu binodan operativ boşqaruv huquqi asosida foydalanadigan «Özbekiston» naşriyot-matbaa ijodiy uyining Kun.uz bilan boğlangan boş muhandisi Şavkat Xadjiyevning ta’kidlaşiça, şahar hokimligi tomonidan rekonstruksiyaga doir barça çora-tadbirlarni qonun-qoidalarga amal qilgan holda taşkil qilişga körsatma berilgan. Şu bois Ilmiy-ekspert kengaşining ruxsati olinmagunga qadar işlar boşlanmay turgan.

“Vaqtdan yutiş maqsadida bino atrofiga havozalar joylaştirgan edik. Bu faol kuzatuvçilarni çalğitgan va ularda ta’mirlaş işlari boşlanib ketgan, degan tasavvur uyğotgan” deydi Şavkat Xadjiyev. 

Eslatib ötamiz, AOKAning izohida Madaniy meros agentligi 2022 yil 5 avgustdagi 02-05/2405-son xatida Toşkent şahar madaniy meros boşqarmasiga binoni ta’mirlaş-tiklaş işlarini boşlaş uçun ruxsat bergani, loyiha hujjatlari Toşkent şahar madaniy meros boşqarmasiga taqdim etilgani, boşqarma tomonidan 2022 yil 8 avgustdagi 716-son xat bilan ta’mirlaş-tiklaş işlarini olib boriş uçun ruxsat berilgani aytilgandi.