«Vedomosti» naşrining yozişiça, bunday operatsiyalarda bir neça kun içida 6 foizgaça daromad oliş mumkin.

«Bunday usuldan valuta çayqovçilari 30 yil avval foydalanişgan, u hanuzgaça iş bermoqda. Bunda faqat valuta «qora bozori»dan foydalaniş kerak böladi, – degan «InstaForeks» kompaniyalar guruhi tahlilçisi Aleksandr Davidov. – Bu sxema – 90-yillarga havola, öşa paytlar valutani faqat bozorlarda almaştirardik».

Ayni paytda Rossiyada naqd valutani banklardan xarid qiliş imkonsiz, uni «qora bozor»da pullaş ortidan esa mömaygina daromad qiliş mumkin.

«Bu holatda marja (foyda) pullarni jalb qiliş şaroitlariga, ya’ni u yoki bu valuta qanday narxda xarid qilinayotganiga boğliq. Gap şundaki, amaliyotda çayqovçilik u yoki bu şaklda qarz mablağlari evaziga amalga oşiriladi va barçasi ularning qiymatiga boğliq. Agar pul özingizniki bölsa, ustidan 5 foiz daromad juda zör hisoblanadi. Öz-özidan tuşunarliki, komissiyalar tufayli ming dollarlar bilan bu işni qiliş bema’nilik. Öylaşimça, foyda oliş uçun kamida bir neça yuz ming dollarni aylantiriş kerak», – degan Aleksandr Davidov.

Tajribali çayqovçilar yillar davomida qöşni davlatlar bozorini doimiy monitoring qilib, eng foydali kurslarni kuzatib ana şunday jöğrofiy sxemada pul işlaşadi. Rossiyada bu amaliyot aprel-may oylarida jozibador edi, öşanda dollar ayrim pul ayirboşlaş şoxobçalarida 160 rublgaça kötarilgan edi. Biroq sönggi bir neça haftada Rossiya valutasi 1 AQŞ dollariga 60 rubl kurs atrofida mustahkamlandi va davlatlar örtasidagi arbitraj öz ma’nosini yöqotdi.

«Bundan taşqari, mazkur operatsiyalar bozordan taşqaridagi risklar bilan çulğab olingan böladi, – degan «Otkrytiye» boşqaruvçi kompaniyasining investitsiyalar böyiça direktori Vitaliy Isakov. – Rossiyadan xorijdagi şaxsiy hisobraqamga katta limitda valuta jönatiş mumkin. Hozir bu oyiga 1 mln AQŞ dollarini taşkil etmoqda. Xorijdagi hisob raqamdan pullarni naqd qilib yeçib olinadi va ular Rossiyaga qaytarib olib kelinib, birja kursida emas, qimmatroq bank kursida pullanadi».

Davlatlar örtasida tez-tez qatnaydigan xorijliklar, migrantlar va ikki fuqarolikka ega kişilar bu iş bilan bemalol şuğullanayotgani aytilmoqda. Bu – normal iqtisodiy faoliyat, lekin u ma’lum bir nou-hau, ma’lum bir risklar bilan boğliq. Agar siz naqd pul olib ketayotgan bölsangiz, sizni tunaşlari mumkin yo qandaydir bir noxuş hodisa röy berişi mumkin, yoki yetib kelguningizga qadar bankdagi kurs keskin özgarişi ham mumkin.