2021 yilning oktyabr oyi boşida Zarafşon daryosida minglab baliqlarning qirilib ketişi bilan boğliq ekologik inqiroz sodir böldi. Keyinçalik baliqlar “Navoiyazot” korxonasi tomonidan daryoga me’yoridan ortiqça zararli moddalar taşlangani tufayli nobud bölgani oydinlaşdi. Voqea mahalliy aholi orasida va ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tirozlarga sabab bölgan edi. Kun.uz mavzuga qaytib, aybdorlarga qanday jazo tayinlangani bilan qiziqdi.

Ma’lum bölişiça, Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi holat yuzasidan töplangan hujjatlar hamda örganiş natijalarini 2021 yilning oktyabr oyida viloyat prokuraturasiga taqdim qilgan. Prokuratura holat yuzasidan jinoiy iş qözğatib, dastlabki tergov harakatlarini boşlagan. Ammo tergovçilar negadir işni qariyb 1 yildan buyon yakuniga yetkazmagan.

Aslida, yuzaga kelgan ekologik inqirozga zararli kimyoviy moddalar sabab bölgani yuzasidan bir neçta taşkilotlarning xulosalari mavjud. Jumladan, Navoiy viloyati SEO va JSX boşqarmasining 2021 yil 9 oktyabrdagi 94-sonli bayonnomasida körinişiça, “Navoiyazot” AJga qaraşli 267-quduqdan olingan tahlillarda azot ammoniy, azot nitrat va azot nitrit belgilangan me’yorlardan bir neça barobar yuqoriligi aniqlangan.

Şuningdek, respublika hayvonlar kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi tomonidan 18 dona baliq patologanatomik tekşiruvdan ötkazilgan. Tekşiruv natijalariga köra, baliqlar aynan kimyoviy moddalar bilan zaharlangan.

2021 yilning 29 oktyabr kuni Boş prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-moddasi (Atrof tabiiy muhitni ifloslantiriş) bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgandi.

Navoiy viloyati prokuraturasi esa holat böyiça tegişli soha mutaxassislari jalb qilingan holda keng qamrovli tekşiruv ötkazilgani, Zarafşon daryosiga azot ammoniy, nitrit va boşqa kimyoviy moddalar me’yoridan ortiqça miqdorda oqizilganligi oqibatida daryodagi köplab baliqlar nobud bölgani hamda holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan 2021 yil 28 oktyabr kuni jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini bildirgandi.