Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitovning nomzodi ma’qullandi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanişidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida deputatlar tomonidan körib çiqiladi.
2022 yil 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini körib çiqdi va ma’qulladi.
Aziz Voitov 1980 yilda tuğilgan, Toşkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortiş» mutaxassisligi böyiça bitirgan (2001) hamda Oliy işbilarmonlik maktabida «Biznes boşqaruvi» böyiça tahsil olgan (2010).
Voitov öz vaqtida «Özbekiston sanoat-quriliş banki» ATB boşqaruvi raisi lavozimida işlagan. 2020 yil mart oyida investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
2022 yil iyul oyi örtalarida qişloq xöjaligi vaziri sifatida işlagan Jamşid Xöjayev investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça boş vazir örinbosari — investitsiyalar va taşqi savdo vaziri lavozimiga tayinlangandi.
16 iyul kuni uning nomzodi Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullanganidan söng prezident farmoni bilan rasman uşbu lavozimga tayinlandi.












