Ukraina boş vaziri Denis Şmigal Yevropa ittifoqini Rossiya fuqarolariga turistik va talabalik vizalarini berişga taqiq joriy etişga çaqirdi. «Rossiya jamiyati uçun sayyohlar va talabalarga viza berişni taqiqlaş şaklida sovuq suv quyib yuborişni taşkil qiliş kerak», dedi u 2 sentabr, juma kuni dpa agentligiga Germaniyaga taşrifi arafasida bergan intervyusida.

Şmigal qayd etişiça, rossiyaliklarning qariyb 80 foizi Ukrainaga qarşi uruşni qöllab-quvvatlaydi. «Afsuski, bu faqatgina Putinning uruşi emas. 200 ming rus askari Ukrainaga qarşi jang qilmoqda. Ularning oilalari ham qarşi emas, butun aholi bu uruşni qöllab-quvvatlamoqda», - deydi siyosatçi. 

Şmigalning fikriça, ruslarni «yaxşi va yomon»ga böliş mumkin emas. Biroq, ba’zi Rossiya fuqarolarining «Ğarbda yaxşi yaşaşi, ta’tilga borib kelişi, şirin hayot keçirişi»ni u «çidab bölmas» deb atadi. 

Şmigal 3 sentabr kuni Berlinga keladi, ertasi kuni esa Germaniya kansleri Olaf Şols bilan uçraşadi. Şu tariqa, u Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri Berlinga taşrif buyuradigan eng yuqori martabali ukrainalik siyosatçiga aylanadi.

Avgust oyi boşida Yevropa ittifoqi Kiyevga yangi makromoliyaviy yordam paketidan 1 milliard yevro ötkazdi. 1 avgust kuni Denis Şmigal Ukraina uşbu paketdan dastlabki 500 million yevro olganini e’lon qilib, 2 avgustda yana 500 million yevro olinişini ta’kidladi. Boş vazir sözlariga köra, bu mablağlar Kiyevning «birinçi navbatdagi budjet ehtiyojlarini moliyalaştirişga» yordam beradi. 

Bundan taşqari, Ukraina hukumati rahbari Germaniyadan yana moliyaviy yordam olişdan umidvor. «Şuningdek, kansler Şols Xalqaro valuta jamğarmasi va Yevrokomissiya orqali keyingi yordam körsatişda yetakçi rol öynaşini kutamiz. Xalqaro yordamsiz Ukraina iqtisodiyoti giperinflatsiya xavfi ostida», - dedi Şmigal.