Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Farğona viloyat boşqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro A.F. va boşqalar tadbirkor A.ning işonçiga kirib, unga Farğona tumani “Qörğontepa” MFY hududidan 22 gektar ekin yer maydonini intensiv boğ taşkil etiş uçun olib beriş evaziga 68 000 AQŞ dollarini qölga kiritgani aniqlanib, uşbu olgan pullari hisobidan 500 AQŞ dollarini qaytargani protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Bundan taşqari, A.F. boşqa bir fuqaro D.ga Farğona tumanidan 10 gektar ekin yer maydoni olib beriş evaziga 10 000 AQŞ dollarini qölga kiritib, şundan 5 700 AQŞ dollarini qaytarmasdan kelayotgani aniqlangan.

Şu kabi Rişton tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro R.M. va boşqalar “D.” fermer xöjaligiga qaraşli 10 sotix ekin yer maydonini hujjatlarni soxtalaştiriş orqali fuqaro J.ning nomiga turar joy sifatida kadastr yiğmajildi rasmiylaştirib bergani aniqlangan.

Şuningdek, R.M. fuqarolar B. va A.ning işonçiga kirib, ularga tanişlari yordamida tuman hududidan uy-joy quriş uçun yer maydoni ajratib beriş evaziga 100 mln söm va 6 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Qaşqadaryoda daryo muhofazasidagi 20 sotix yerni 20 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlangani xabar qilingan edi.