Qaşqadaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi yer resurslari talon-toroj qilinişiga qarşi kuraşiş bölinmasi, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Şahrisabz tuman bölimi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda Şahrisabz tumanida yaşovçi fuqaro M.A. fuqaro B.I.ga tumandagi daryo muhofazasiga olingan 20 sotix yer maydonini 20 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, şundan 200 million sömni olgan vaqtida aşyoviy-dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.