Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Uzun tumanida yaşovçi haydovçi va uning şerigiga tegişli maşinalar muddati ötgan qarzdorlik borligi sabab YPX xodimi tomonidan jarima maydonçasiga joylangan.

Şundan söng haydovçilar har ikkala maşinani jarima maydonçasidan olib çiqib ketiş evaziga YPX xodimlariga har bir maşina uçun 1000 dollardan pul taklif qilgan. Haydovçilarning maqsadi maşinaga ortilgan dorivor kovrak uruğlarini tezroq manzilga yetkaziş bölgan.

YPX xodimining bildirgisiga asosan prokuratura departamenti Denov tumani bölimi va viloyat IIB xodimlari iştirokida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda haydovçilar YPX xodimiga ikkita maşinani jarima maydonçasidan olib çiqiş evaziga 15 million söm berayotganda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida aniqlangan moliyaviy kamçiliklar böyiça çora körmaslik uçun IIB JQB xodimiga pora bermoqçi bölgan «Sirdaryo köpriklardan foydalaniş» DUKning sobiq rahbar uşlangandi.