Toşkent şahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği Farhod Dehqonov qöyib yuborilgan. Bu haqda bloger Nikita Makarenko xabar berdi.

U daraxtlar kesilişi va qurib qolişi bilan boğliq holatlar böyiça asosiy aybdorlarni javobgarlikka tortiş kerakligi, şu bilan birga, ekologlar daraxtzorlarni quriliş uçun ajratib berganlarni himoya qilayotganini ta’kidlagan.

Uning manbalari bu masala prezident administratsiyasi nazoratida ekani, ekolog qöyib yuborilganini xabar qilişgan.

Şu bilan birga, Farhod Dehqonov mazkur iş doirasida hamon gumonlanuvçi sifatida qolmoqda.

Farhod Dehqonov 9 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, davlat yoki jamiyatga juda köp miqdorda zarar yetkaziş)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, hibsga olingandi. 

Undan oldinroq, 8 sentabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor va Uçtepa tumanlarida 100 tup daraxt nobud bölgani xabar qilingandi. Çilonzordagi holatda 58 tup daraxt kesib taşlangan bölsa, Uçtepada 42 tup daraxt qurib qolgan.

Çilonzor tumani prokuraturasi qarşisida tunda Dream House Stroy quriliş kompaniyasi uçun ajratilgan 0,2 ga maydondagi 58 tup köp yillik daraxtlar kesib taşlangan. Prokuratura bu fakt böyiça jinoiy iş oçgan. Keyingi kuni yetkazilgan zarar miqdori qariyb 800 mln sömni taşkil etişi, bu zarar quruvçi taşkilot tomonidan qoplangani, şuningdek uç nafar gumonlanuvçi qölga olingani xabar qilindi.

Ikkinçi holat böyiça ham öşa kuni, 8 sentabrda ma’lum bölgandi. Bu holat «Vatan» kinoteatri oldida, sobiq tramvay deposi örnida, «Dream House Stroy» MÇJga tegişli yer maydonida röy bergan. Lutfiy va Xirmontepa köçalari kesişmasidagi bu hududda 42 tup daraxtdan 27 tasi köçirib ötkazilgani uçun, 4 tasi esa qarovsizlik oqibatida qurib qolgan.