Bir neça kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi «Vagner» xususiy harbiy taşkiloti rahbari Yevgeniy Prigojin mamlakatdagi qamoqxonalardan birida mahbuslarni Ukrainadagi uruşga borişga çorlayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Unda Prigojin mahbuslarga 6 oy davomida frontda jang qilgaç, afv etilib, ozodlikka çiqişini aytgan.

Video internetda tarqalarkan, odamxör, qotil va zöravonlarning ozodlikka çiqişiga köplab e’tirozlar bildirildi. Köp ötmay «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi egasi bu böyiça izoh berdi.

«Xususiy harbiy kompaniyada zeklar urişişini istamaganlar, öz farzandlaringni frontga jönatinglar. Yo ÇVK va zeklar, yo bolalaringiz — özlaring tanlanglar», — dedi “Putinning oşpazi” laqabi bilan tanilgan tadbirkor.

Ukrainaga qarşi uruşda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollanib iştirok etişni istagan mahbuslarga töliq amunitsiya va qurol-yaroğlardan taşqari, 6 oy davomida oyiga 100 ming rubl maoş va’da qilinmoqda.

Rossiya tomoni uruşga şuningdek, Rossiyada işlayotgan mehnat migrantlarini ham keng jalb qilib kelmoqda. Ma’lum bölişiça, köplab migrantlar uruşga yollangan taqdirda pul mukofotlari va fuqarolik va’dasi bilan çaqiruv xatlari olgan.

Kun.uz muxbiri ayni masalalar tahlili böyiça Rossiyadagi mehnat migrantlari  huquqlari bilan şuğullanuvçi yurist Botirjon Şermuhammad bilan intervyu ötkazdi.

Kun.uz: –

Botirjon aka, siz Rossiyadagi mehnat migrantlari huquqlari bilan şuğullanuvçi yurissiz va yaxşi bilasizki, Ukrainadagi uruşda işlari tobora orqaga ketayotgan Rossiya endi özidagi xorijiy migrantlarni va şuningdek, qamoqxonalardagi uzoq yilga qamalgan mahkumlarni uruşga yollay boşladi.

Siz şu işlardan bevosita xabardor kişi sifatida bugun Rossiyadagi va u yerdagi migrantlar, mahbuslarning vaziyatini tasvirlab berolasizmi?

Botirjon Şermuhammad: –

Rossiyadagi muhojirlarimiz bir neça million kişini taşkil qiladi. Ularning ayrimlari turli sabablarga köra qamoqxonalarda ham ötirişibdi. Afsuski, ularning sonini aniq bilmaymiz. 2017 yilgi ma’lumotga köra, 6300 dan ortiq özbek migrantlari Rossiya qamoqxonalarida saqlanib kelingan. Bundan keyin ham migrantlar soni kamaymaganligini inobatga oladigan bölsak, yo şunça yoki undan ham köproq özbeklar qamoqxonalarda saqlanayotgan bölişi mumkin. Afsuski, bu masalada heç bir rasmiy taşkilot tomonidan ma’lumotlar berilmayapti. Umumiy soni berilyapti, ammo davlatlar kesimida berilmayapti. Özbekiston elçixonasi yoki migratsiya agentligi tomonidan bu mahbuslarning nima sababdan qamalgani hali örganilmagan va yordam beriş masalalari hal qilinmagan.