Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT)ning 26 sentabr, duşanba kuni e’lon qilingan hisobotida aytilişiça, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli global iqtisodiy ösiş bir neça oy oldin prognoz qilinganidan köproq sekinlaşmoqda.

Joriy yilda global yalpi içki mahsulotning ösişi hali ham 3 foiz darajasida kutilayotgan bölsa-da, IHTTning 2023 yil uçun prognozi iyun oyida kutilgan 2,8 foizdan 2,2 foizga tuşirildi.

Hisobotda aytilişiça, uruş energiya taşuvçilar narxlarini, ayniqsa Yevropada, COVID-19 ta’siri tufayli butun dunyo böylab narxlar tez ösib borayotgan bir paytda inflatsiya bosimini yanada oşirgan. Biznes energiya resurslari, transport va işçi kuçi xarajatlari ortişini iste’molçilarga yuklamoqda, deyiladi ma’lumotda. Ekspertlarning ta’kidlaşiça, inflatsiya 1980-yillar darajasiga yetib, markaziy banklarni siyosatni kutilganidan tezroq qat’iylaştirişga majbur qildi. 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti ekspertlari fikriça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi kelasi yil oxirigaça jahon iqtisodiyoti yalpi içki mahsulotdan 2,8 milliard dollarni yöqotişiga olib keladi. Taşkilotning qayd etişiça, Yevropa qişki şaroitda energiya iste’molini tartibga solişga majbur bölsa, bu oqibatlar yanada jiddiyroq bölişi mumkin.

Iqtisodiy hamkorlik va hamkorlik taşkiloti Turkiya, Indoneziya va Buyuk Britaniyadan taşqari, G20’ning deyarli barça mamlakatlari uçun kelgusi yilga prognozlarini pasaytirdi. Ayni paytda, Buyuk Britaniyada YaIM ösişi nolga teng bölişi kutilmoqda.

Yevrohudud iqtisodiyoti endi 2023 yilda atigi 0,3 foizga ösişi prognoz qilinmoqda, Germaniya yalpi içki mahsuloti esa 0,7 foizga qisqaradi. Iyun oyidagi prognozlarga köra, yevrohudud yalpi içki mahsuloti kelgusi yilda 1,6 foizga, Germaniyada - 1,7 foizga ösişi mumkin.

AQŞ yalpi içki mahsulotining 2023 yilga ösiş prognozi iyun oyida kutilgan 1,2 foizdan 0,5 foizga tuşirildi. Xitoy iqtisodiyoti, IHTT prognoziga köra, kelgusi yilda ösişni tezlaştiradi - 2022 yildagi 3,2 foizdan 4,7 foizga. Şu bilan birga, joriy yil uçun prognoz 2020 yilgi pandemiya davrini hisobga olmaganda, Xitoy yalpi içki mahsulotining 1970-yillardan beri eng past ösiş sur’atini nazarda tutadi, deydi ekspertlar.