"Mulk huquqi daxlsizligini işonçli himoya qiliş, mulkiy munosabatlarga asossiz aralaşuvga yöl qöymaslik, xususiy mulk kapitallaşuv darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident farmoniga köra, mulkiy huquqni vujudga keltirgan hujjatni bekor qiliş orqali uşbu huquqni tugatiş mumkin emasligi belgilandi. Agar uşbu hujjat noqonuniy qabul qilingan bölsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilişi mumkin böldi.
Qayd etilişiça, keyingi ikki yarim yilda hokimlarning yer ajratiş bilan boğliq 2 541 ta qarori bekor qilingan. Bu esa, 2 526 ta yer uçastkasiga, ya’ni 101 358 gektar yerga bölgan huquq sud qarorisiz bekor qilinişiga olib kelgan.
Mas’uliyati çeklangan jamiyatlardan biriga Toşkent şahar hokimining 2017 yildagi qarori bilan "snos" evaziga 0,63 gektar yer ajratilgan. Tadbirkor uşbu yerda qonuniy tartibda avtomobillarga texnik xizmat körsatiş markazi qurib, öz faoliyatini boşlagan.
2020 yilga kelib, 2017 yildagi qaror Toşkent şahar prokurorining protestiga asosan Toşkent şahar hokimi tomonidan bekor qilingan. Tadbirkor bir yil davomida sudlaşib, 2021 yil noyabr oyida Oliy sud sudlov hay’ati qarori bilan şahar hokimining 2020 yildagi qarori haqiqiy emas, deb topilişiga va yerga bölgan huquqi tiklanişiga erişgan.
Şu sababli, yer uçastkalariga bölgan huquq vujudga kelişi uçun asos bölgan hujjatlarni, jumladan, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning özi yoki yuqori turuvçi organ va mansabdor şaxslar tomonidan, prokuror protesti asosida bekor qiliş yöli bilan yer uçastkasiga bölgan huquqni tugatiş tartibi 2022 yil 1 sentabrdan bekor qilindi.












