Sönggi ma’lumotlarga köra, Ijyevskda Puşkin maydonidagi 88-maktabda otişma oqibatida qurbon bölganlar soni 17 kişini taşkil etmoqda. Rossiya Tergov qömitasiga ma’lumotlariga köra, 22 nafar bola va 2 nafar kattalar jarohat olgan.

Ma’lumotlarga köra, dars paytida maktabga qora kiyimdagi qurolli şaxs bostirib kirgan. Avvaliga u qöriqçini otgan, keyin sinfga borib, bolalarga qarata öq uzgan. Telegram-kanallar voqea joyidan yaradorlar qanday olib çiqib ketilayotgani körsatilgan videoni e’lon qildi.

Udmurtiya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, otişma sodir etgan şaxs öz joniga qasd qilgan.

RTQ ikki yoki undan ortiq şaxsni öldiriş, şuningdek, öqotar qurollarni noqonuniy sotib oliş moddalari böyiça jinoiy iş qözğatdi. Tergovçilar fojia sabablarini aniqlamoqda. Ularning sözlariga köra, hujum qilgan şaxs uşbu ta’lim muassasasining 1988 yilda tuğilgan bitiruvçisi bölgan. Idora boşliği Aleksandr Bastrikin halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.