SCADA tizimini joriy etiş jarayonini örganiş, şuningdek Jahon banki kömagida  raqamli podstansiyalarni quriş hamda ularni ekspluatatsiya qiliş yönalişida tajriba almaşiş maqsadida «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyati yurituvçi bir guruh mutaxassislar «Gruziya davlat elektr tizimi» (GSE) kompaniyasining bir neçta obektlariga taşrif buyurişdi.

GSE — «Gruziya davlat elektr tizimi» (Georgian State Electrosystem / საქართველოს სახელმწიფო ელექტროსისტემა) kompaniyasining elektr energetika sohasini raqamlaştiriş böyiça uzoq muddatli tajribasini hisobga olgan holda, tomonlar majmuada qöllanadigan sönggi texnologiyalar böyiça fikr almaşişdi. Şuningdek, bunday keng kölamli loyihani amalga oşirişda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolar va ularni hal qiliş yöllarini muhokama qildilar.

Taşrif davomida özbekistonlik energetiklar energiya tizimining bir qator muhim obektlari, şu jumladan, Gruziya energiya tizimini boşqariş majmuasining markazi hamda 500/400/220 kVli «Axalsixe» raqamli podstansiyasiga taşrif buyurişdi.

Eslatib ötamiz, «Özbekiston MET» AJ tomonidan Jahon banki kömagida «Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qiliş va barqaror elektr uzatiş» investitsiya loyihasi doirasida SCADA tizimini joriy etiş loyihasini amalga oşiriş böyiça xalqaro tanlov savdolariga e’lon berilgan.

Ma’lumot örnida: «Gruziya davlat elektr tizimi» kompaniyasi 2002 yilda «Elektrodispetçerizatsiya» MÇJ hamda «Elektroperedaça» OAJning birlaşişi natijasida taşkil etilgan. 2002 yil dekabr oyidan boşlab kompaniya boşqaruvi Jahon banki tomonidan e’lon qilingan «Elektr energiyasining ulgurji bozorini qöllab-quvvatlaş» loyihasining tender natijalariga köra kompaniyaning beş yillik boşqariş huquqini qölga kiritgan Irlandiyaning ESB International kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan. 2007 yil noyabr oyidan boşlab, yuqorida nomi tilga olingan loyiha tugaganidan söng, kompaniyani boşqariş Gruziya direksiyasi tomonidan davom ettirilmoqda.

Veb-sahifa: