«Qiz bola ham farzandmi?» - Onasining taqdiri boşiga tuşgan qiz hikoyasi
|23:16 / 27.09.202237 99011 min
Hayot hammani har xil sinaydi: kimnidir davlat, kimnidir dard, yana boşqa birovni mansab, yana kimnidir muhtojlik bilan. Madinani 21 yoşida yolğiz onalik sinovlariga yöllagan bölsa, 22 yoşida jon-u jigarlari, ota-onasidan ayirib, imtihon qildi. Töqqiz yildan beri boşpanasiz, ijara uylarda sarson bölib, bola parvarişlayotgan ayol biz bilan dardlaşdi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
— Bolaligim ertaklardagidek ötgan deyolmayman. Baxtim tökis bölgan, deyişdan ham yiroqman. Ayta oladiganim — onam bor edi. Dardkaşim bor edi. Himoyaçim — ukam bor edi. Ularning borligi özi bir baxt ekanligini tuşunib yetyapman, — deya öz hikoyasini boşladi Madina (ism özgartirilgan).
Yoşligimda onamga juda rahmim kelardi. Tunni tun, kunni kun demay işlar edi. Otamning nima iş qilişlarini hatto bilmasdim. Bilganim — uzoq vaqt yöq bölib ketardi. Oddiy qilib aytganda, biz otamni juda kam körardik.
Onam bozorda piyoz sotardi. Barmoqlarining atroflari qorayib ketardi. Yiğlab-yiğlab tirnoqlarini olib qöyardim. Yiğlaganimni bildirmaslik uçun boşimni egib olardim. Öşa damlarda otamni yomon körib ketardim, onamga şunaqangi içim açişardiki, buni ta’riflab berolmayman. Topgan pullaridan kvartira haqini tölar, bizlarni kiyintirar, yedirib-içirar edi.
Oğir mehnatdan, otamning sitamlaridan ham men buni keyinçalik bilganman, onam juda ezilib, qarib ketgandi. 7 akasi va 3 opa-singillari bor edi. Toğalarim öziga töq, badavlat odamlar edi. Bizlarni boqiş, rözğor tebratişdan qiynalib qolgan vaqtlari oyimga savol berdim:
— Nega toğamlar boy-badavlat, nega bizga yordam bermaydi, nega xolalarim kelişmaydi?
Şunda onajonim:
— Qizim bu dunyo — bir kam dunyo, — dedilar. — Katta bölsang tuşunasan.
— Otam nega kam keladilar?
— Ularning işlari köp.
— Nega bizga pul bermaydi?
— Adajoning savob qiliş uçun ketgan.
Şu tariqa kunimiz ötardi...
Biz katta böldik, ukam onamning yoniga tuşdi. Yordam beriş uçun bozorda yuk tuşirar, tarvuz sotar edi. Akam esa unçalik yordam bermasdi. Otam haqida hali ham köp narsa bilmasdim. Çunki onam otamni judayam kuçli himoya qilardilar. Bizlarga heç yomonlamas, urişib qolsalar ham bildirmas edilar.
Kunlarning birida otam yana keldi. Onam heç nima bilmagandek kutib oldilar.
Men «dada, qayerda yurasiz, nega bizdan xabar olmaysiz, heç narsa olib kelmaysiz?» — deb söradim.
Şunda onam yuzimga bir şapaloq tuşirib, «otang bilan bu ohangda gaplaşma, senga bu huquqni heç kim bermadi», dedilar.
Mavzuga oid
Şu kuni onamdan judayam xafa böldim. Keyinçalik bilsam, beçora onam otamning xiyonatlarini kötarib, özlari azoblanib yurgan, şuning dardida qarigan ekanlar. Otam boşqa ayolga uylanib olganini onam heç qaçon aytmaganlar. Katta qiz bölganimda bilib qolganman.
Juda köp ijara uylarda turdik. Töqqiz yil deganda onam uy oldilar. Akamni uylantirdilar, meni turmuşga berdilar. Şunça qiyinçilik kördilar-u, kelindan yolçimadilar. Bu orada fariştadek qizaloğim dunyoga keldi.
Onalik hayoti butunlay boşqaça bölar ekan. Onamni ona bölib tuşundim, deb öylagandim. Yöq, hali tuşunişim kerak bölgan narsalar köp ekan.
Onam insultga çalinganida ham yonida otam yöq edi. Onam omonatini topşirgan kunlari bu xabarni eşitgan otam ham yuragi yorilib vafot etdi. Umr böyi onamning yonlarida turmagan edilar. Heç bölmasa qabrda yonma-yon bölişdi...
Qizaloğim 5 oylik edi öşanda. Hali bu yöqotişlardan özimga kelmagan edim. Qaynonam, ota-onasiz yetimça kelin kerakmas, deb quvib yubordi. Erim esa çet elda edi. Qaytib kelganidan söng onasi aytgan qizga uylandi. Men ana endi onamning haqiqiy ahvoliga tuşgan edim. Çaqaloğim bilan uysiz, boquvçisiz qolgandim. Men onamni endi tuşuna boşlagan edim.
Ota-onamning ölimi bizga juda katta yöqotiş böldi. Ukam çidolmay içkilikka berildi. Akam öz oilasi bilan bölib bizni unutdi. Ukam va men qizaloğim bilan uyimizga siğmasdik. Kelinoyim har kuni akamni qayrardi. Keyin akam bizni uydan haydab, köçaga çiqarib qöyardi. Hali toğamnikiga, hali xolamnikiga borib qornimizni töqlagan vaqtlarimiz bölardi. Ukam işlagan pullarni akam olib qöyardi. Bunday sargardonlikda ortiq yaşolmasdik. Ukam meni Toşkentga jönatib, özi işlab menga yordam bera boşladi.
Ukam menga telefon qilib, «onamni soğindim, opa, uyga kel», derdi. Lekin akam borişimga ruxsat bermasdi. Juda qiynalib ketdim. Qizaloğimni bağrimga bosib işga tuşdim. Idiş-tovoqlarni yuvar edim. Qizim uyda yolğiz qolardi, heç kimni tanimayman, bilmagan joyimda öz örnimni topiş uçun işlay boşladim. Halol işlab, farzandimni halol boqdim.
Baqirdim, dod dedim, lekin keç, ukajonim endi qaytmaydi. Qança aytgandi-ya, beçora ukam, «opa, yolğiz bir özim qolib ketdim, ölib qolaman», deb. Gaplarini eslab battar ezildim.
Ukamni uylantiriş uçun qança xonadonga bordik, ammo heç kim qizini bermadi. Ota-onasi yöq insonga qizimizni bermaymiz, dedi. Yoşgina ukajonim hayotda na bir yayrab yaşadi, na farzandli böldi, na baxt nimaligini his qildi. Heç nima körmay ötib ketdi dunyodan.
Janozasi kuni ayollar ukamning örtoqlariga yor-yor aytinglar, çimildiq körmay ketdi, heç bölmasa yor-yor aytiş kerak, deyişdi. Heç biri aytolmadi, yiğlaşdan nariga ötolmadi...
U ketdi. Butunlay yolğiz, himoyasiz qoldim. Endi kimga suyanaman, derdim.
Ukamni kömib kelgan kunimiz meni köçaga çiqazib qöyişdi. Nima sabab, xatom nimaligini bilmas edim. Ma’rakalarini ötkazib, yana Toşkentga keldim.
Akam barça narsani, maşina, hatto onam qiynalib olgan uyni ham sotib, kelinoyimning uyiga borib yaşadi. Tuzalmas dardga yöliqqan ekan, köpga bormay vafot etdi. Lekin hamma narsamizni, uyimizni yöq qilib ketdi. Men esa 10 yildirki Toşkentda ijarama-ijara sarson bölib yuribman. Yaqinlarim, ukam, onamsiz juda qiyin. Onajonim azobini boşimdan ötkazyapman.
Farzandimni yolğiz ijarada yaşab katta qilyapman. Otasi tirik böla turib, qizimning otasiz katta bölayotgani hammasidan köproq azoblaydi meni. Qaynonam va erimning «qiz bola ham farzandmi?» deyişlari hamon quloğim ostida. Ular haqida eslaşni istamayman.
«Yolğizlik — yolğiz onaning hayotini zaharlaydigan asosiy muammolardan biri, majburan ajraşgan taqdirda ham, bolalarni otasiz tarbiyalaş oson bölmaydi. Yolğiz onaga ma’naviy va jismoniy yordam, yaqinlarning daldasini his qilmaslik, jufti bilan bolalar muammolari böyiça maslahatlaşiş imkoniyatining endi yöqligi ayolni qattiq şikastlaydi va uni depressiv holatga keltiradi».
Bunday holatlarda nima qiliş kerak?
«Eng avvalo, muammodan qoçmaslik kerak. «Öziga va bolasiga rahm közi bilan qaraş, real hayotni boriça qabul qilmaslik vaziyatni yanada yomonlaştiradi. Muammodan aybdorni emas yeçimni qidiring. Qölingizdan kelgan imkoniyatingizni hisobga olib, biror işni boşlang.
Tegişli davlat idoralariga murojaat bilan çiqing. U yerdan yolğiz onalarga ajratilgan imtiyozlar haqida ma’lumot oling. Hayot davom etadi. Hozirgi vaqtda nima qilib vaziyatdan çiqa olasiz? Çetdan özingizga maslahat bering. Hissiyotlarga berilmasdan, muammoni hal qilişning qator rejasini yozib çiqing.
Ikkinçi qadam — ijobiy tomonlarini topiş. Hozirgi holatingizning sizga foydali tomonini öylab köring. Sizning ahvolingizda nafaqat salbiy, balki ijobiy tomonlarni ham körişni örganiş muhimdir.
Uçinçi bosqiç — faol harakat. Qörquv harakatni töxtatadi, harakat qörquvni töxtatadi! Uşbu qoidani unutmang va faol böling. Yolğiz ayollardagi yana bir muammo «aybdorlik hissi». «Farzandini otasidan mahrum qilgani», «oilani saqlay olmagani», «bola taqdirini yomon hayotga mahkum qilgani» kabi ayblovlar yolgiz ayolning iç etini yeya boşlaydi. Qolaversa, har kuni u özini yanada aybdor his qiladigan turli kundalik vaziyatlarga duç keladi: puli yetarli bölmagani yoki öz vaqtida maktab vazifalarini qildirolmagani, boğçadan vaqtida olib ketmagani va boşqa şu kabi aybdorliklar endi ayolda hayotga qörquv va xavotirni sola boşlaydi.
Aybdorlik tuyğusi ayolni tobora asabiylaştiradi zavqini yöqotadi. U bola haqida keragidan köra köproq qayğuradi, doimo ğamxörlik qiladi, barça qiyinçiliklardan himoya qilişga urinadi va uning barça istaklarini bajarişga harakat qiladi.
Natijada, bu bolaning haddan taşqari yordamga muhtoj hamda munosabatlar qaramligiga moyil bölib ösişiga olib keladi. Bundan taşqari, u onaning «oğriqli nuqtalari»ni juda tez bilib olib, ularni özi bilmagan ravişda bolalarining manipulyatsiyasi uçun işlata boşlaydi.
Ayol köpinça muammo otaning yöqligida va bolani nimadan mahrum qilganida emas, balki uning psixologik holatda ekanligini tuşunmaydi: özini aybdor his qiliş va puşaymonlik hissi.
Qanday qilib aybdor odam baxtli bölişi mumkin? Albatta yöq. Baxtsiz onaning baxtli farzandlari bölişi mumkinmi? Ayol öz aybini töldirişga harakat qilib, bola uçun öz hayotini qurbon qilişni boşlaydi. Bunday holatda nima qiliş kerak böladi?
Öz aybingizni asoslab vaziyatni tahlil qiling! Özingizga savollar bering: «Mening aybim nima?», «Uni töğrilaşim mumkinmi?», «Qanday qilib?». Javoblaringizni yozing va öqing. Öylab köring, sizning aybingiz qançalik oqlanadi, hozirgi vaziyatga neçoğlik real va mutanosib? Şu savollar asosida özingizga real javoblar bering.
Siz nafaqat özingiz, balki farzandingiz oldida ham baxtli bölişga mas’ulsiz! U baxtli bölişni sizdan örganadi. Özingizni atrof bilan soliştirmang. Ozgina bölsa ham erişgan, erişayotgan yutuqlaringiz sizga olib kelayotgan natijalarga diqqat qiling.